Oltindan qimmat metallar 

13 376

Kaliforniya-252 
Bu metallning narxini aytish juda mushkul, faqatgina taxmin qilish mumkin. 1 grammi 27 mln dollar atrofida. Kaliforniya-252 metallining bunday narxda bo’lishiga yer yuzida juda kam tarqalganligi sabab, ya’ni 5 grammni tashkil qiladi. Bu metall sun’iy ravishda 1 martagina 1958-yili yaratilgan. U radioaktivligi bilan ajralib turadi. Parchalanish davrida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi.

Rodiy
Narxi: 1grammi 58 dollar
Yer yuzida kam tarqalgan. Alyuminiyga o’xshash, ammo qattiq. Rodiy asosan katalitik jarayonlarda ishlatiladi. Biologik jarayonlardi qatnashmaydi. Rodiy birikmalari juda oz miqdorda uchraganligi uchun inson organizmiga ta’siri oxirigacha o’rganilmagan. Bunga qaramay o’ta zaharli hisoblanadi. Rodiy tuzlari odam terisi rangini o’zgartirish xususiyatiga ega. 

Oltin 
Narxi: 1grammi 56 dollar
Oltin og`ir metall, zichligi bo’yicha osmiy, iridiy, reniy, platina va plutoniydan keyingi 6-o’rinda turadi. Zichligi  19 621 kg/m. Yuqori zichligi tufayli qazib olish oson, buning uchun sodda texnologik jarayonlarni talab etadi. 

Platina 
Narxi: 1 grammi 60 dollar
Platina va uning eritmalari zargarlik sanoatida keng qo’llaniladi. Bir yilda 50 tonnaga yaqin metall ishlatiladi. Xitoyda yil davomida 10 millionga yaqin, umumiy og`irligi salkam 25 tonna bo’lgan platina mahsulotlari sotiladi.

Plutoniy
Narxi: 1 grammi 4000 dollar atrofida
Kumushsimon oq, og`ir, mo’rt, radioaktiv metall. Mendeleev davriy jadvalida aktiniyoidlar oilasiga kiradi. Yadro quroli ishlab chiqarishda, atom reaktorlarida yadro yoqilg`isi va kosmik apparatlar uchun energiya manbai sifatida ishlatiladi. 

Tritiy
Bir kg tritiy olish uchun 30 million dollar sarflanar ekan. Asosan tritiyli yorug`lik manbalarida ishlatiladi. 

Osmiy-187 
Narxi: 1 grammi 200 ming dollar
Bu metallning qimmatligi boisi shundaki, juda murakkab jarayonlar vositasida ajratib olinishidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.