Quyosh sistemasi 

28 172

Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Sa­turn, Uran va Neptun Quyosh atrofida bir xil yo‘na- lishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.

Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilo­metr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.

Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.

Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetr­ga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.

Sayyoralaming eng ulkani — Yupiteming diametri chizma­da 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqli­gi 100 metrni tashkil etadi.

Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.

Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizma­da Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).

1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va maydoni 9 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.