Yuklanmoqda...

Oyning tabiati 

44


Oyning tabiati Yemikidan o‘zgacha. Ta’bir joiz bo‘lsa, Oyni sukunat olami deyish mumkin. Oyda atmosfera yo‘q, shuning uchun suv bug`lari ham, bulut ham yo‘q. Atmosfera bo‘lmaganidan keyin Oyda tovush ham bo‘lmaydi. Oy osmonida kunduzi ham yulduzlar ko‘rinib turadi. Soya u yerda qop-qora bo‘ladi. Oyda hayot yo‘q.

Oyning kuni ham, tuni ham yerdagi ikki haftaga teng. Shu sababli Quyosh nurlari Oy yuzasini kunduzi +120°C dan ziyod qizdirib yuboradi, tunda esa u -170°C gacha soviydi.

Oyda uncha baland bo‘lmagan tog'lar va tepaliklar bor, Oydagi katta pastliklar va botiqlar «dengiz» deb ataladi. Oy «dengiz»larida suvdan asar ham yo‘q. Oyning tabiati yanada mukammalroq o‘rganilishi lozim.

Osmon jismlarining tabiatini o‘rganish uchun Oy eng qulay tadqiqot obyektidir. Negaki, uning tabiati, zamini insoniyatni juda qiziqtirmoqda. Shuning uchun Oyda kelgusida ilmiy stansiyalar qurish mo‘ljallanmoqda.

Keyingi yillarda Oy tabiatini o‘rganish yuzasidan bir qancha ishlar qilindi. 1959-yilda Rossiya avtomatik stansiyasi jahonda birinchi bo‘lib Oyni aylanib o‘tdi, uning yerdan ko‘- rinmaydigan tomonining foto tasvirini yerga yubordi. Boshqa Rossiya avtomatik stansiyalari Oy jinslaridan namunalar keltirishdi. Dunyoda birinchi bo‘lib Rossiyada qurilgan avto­matik apparat «Lunoxod» Oy sathini o‘rgandi. Oyga bir necha marta astronavtlar ham qo‘nib, uning tabiatini o‘rganishdi. Shu tarzda olib borilgan tadqiqotlardan Oy yuzasi va jinslari Yemikiga o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Hozir Oy xaritalari tuzilgan va globusi ishlangan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив