Surinam 

4 062

  Rasmiy nomi — Surinam Respublikasi. Poytaxti — Paramaribo. Hududi — 163820 km.kv. Aholisi – 500 mingdan ortiq kishi (2012). Davlat tili golland. Dini — induizm (27%), protestantlik (25%), katoliklar (23%), musulmonlar (20%), majusiylar (5%). Pul birligi — Surinam guldeni yoki florin.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning shimoli sharqida joylashgan davlat. Janubda Braziliya (chegara uzunligi — 597 km), g’arbda Gayana (600 km), sharqda fransuz Gvianasi (510 km) bilan chegaradosh. Shimolda Surinam Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunli­gi — 1707 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 386 km. Mamlakatning katta qismi balandligi 1280 m gacha bo‘lgan Gvian yassitog’ligining shimoli sharqida joylashgan hududi asosan tepaliklardan iborat. Shimolda qirg‘oqbo‘yi botqoqlik tekisliklar bor. Bosh daryolari — Maroni, Karonteyn. Asosiy tabiiy resurslari: boksitlar, temir rudasi, yog‘och, baliq, krevetkalar.
  Iqlimi — subekvatorial issiq. Daraxtlarning noyob turlari mavjud bo’lgan doimiy yashil o‘rmonlar Surinam hududining 90% ini egallaydi. Shimolda savannalar bor. Mamlakat faunasi tropik selvasiga xos.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 10 ta okrugga boiingan. Surinam 1975-yili 25-noyabrda Niderlan- diyadan mustaqillik olgan (ilgari Niderland Gvianasi bo‘lgan). Milliy bayramlari: 25-fevral — Ozodlik va yangilanish kuni (1980), 25-noyabr — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1975). Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va vitse-prezidentga (uning o‘zi premyer-ministr) tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy Assambleya tomonidan amalga oshiriladi.  Eng yirik siyosiy partiyalari: Demokratiya va taraqqiyot uchun yangi front, Milliy demokratik partiya, Surinam milliy partiyasi, Islohotlar taraqqiyot partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Suri­nam iqtisodiyoti 1982-yili Gollandiya moliyaviy yordam berishni to’xtatganidan so‘ng og‘ir qiyinchiliklami boshdan kechirdi, shuningdek, siyosiy beqarorlik ham sanoat taraqqiyotiga va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari aluminiy ishlab chiqarish (umumiy eksport hajmining 70%i), boksitlar qazib olish, yog’ochni qayta ishlash. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 11 %i) asosiy yetishtiriladigan ekin sholi (qishloq xo‘jalik mahsulot- larining 60% i) hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari — Norvegiya, Niderlandiya, AQSH, Germaniya, Braziliya. Temiryo`llarming umumiy uzunligi — 166 km, avtomobil yoilari — 8300 km, ichki suv yo’llari esa 1200 km. Asosiy porti — Paramaribo.
 Tarixi. Hindularning aravak, varau va karib qabilalari istiqomat qilib kelgan hozirgi Surinam hududlari ilgari inglizlarga tegishli boigan, 1667-yili esa Gollan- diyaga berilgan. 1954-yili muxtor provinsiya maqomini olgan Surinam 1975-yili noyabrida mustaqil respublika bo‘ldi. 1980-yilgi harbiy to‘ntarishi oqibatida mamlakatda hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tdi. 1988-yili harbiylar hukumatni fuqarolik hukuniatiga berganidan so‘ng demokratiyaga qaytish boshlandi va mamlakatda erkin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.