Avstraliya va Okeaniyaning umumiy tavsifi 

1167

  Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materigining maydonini to`liq egallagan dunyodagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km.kv, shundan 7692,0 ming km.kv. maydonni materikning o‘zi egallagan. Dunyoning quruqlik orqali o‘tgan chegarasiga ega bo‘lmagan mamlakatlaridan biri.
 Iqtisodiy-geografik o‘rni uning janubiy yarimsharda yirik materiklar, regionlar va mamlakatlardan ancha olisda joylashganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transportining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakatni jahonning barcha regionlari, davlatlar bilan doimiy aloqada bo'lib turishligini ta’minlaydi.
Okean ya Tinch okeanida joylashgan orollar to'plamidir. Okeaniya uch qism: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Melaneziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarda joylashgan Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan, sharq tomondagi akvatoiyada tarqalgan.
  Asosiy daryosi Murrey va uning irmog`i Darlingning suvi mavsumlar bo`yicha o`zgarib turadi. Okeaniyada passat shamollar hukmronlik qiladi. Dengiz tropik iqlimi tarqalgan, yog‘in ko'p yog'adi.
  Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati va zaxirasi bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, uran rudalari, boksitlar, ko'mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir.
  Temir rudasining yirik konlari (Tom-Prays, Maunt, Maunt-Ueylbek) mamlakat g'arbida, oltin konlari (Kambalda Leonora) janubi-g`arbida, nikel rudalari konlari (Grinveyl) shimoli-sharqiy va janubi-g'arbiy qismlarida, aluminiy (boksit) rudalari konlari (dunyoda eng yirik kon Ueypa-York yarimorolida topilgan, yana Gov va boshqalar), uran rudalan konlari (Nabarlek) shimolda, polimetall rudalan konlari (Вrоken-Xill va boshqalar) janubiy va shimoliy qismlarida, olmos konlari (Uiton va boshqalar) mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarida joylashgan. 
  Ko'mir konlari materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan, neft va tabuy gaz mamlakatning sharqiy hududlarida va g’arbida okean shelfida qazib olinadi.
  Aholisi. Avstraliya va Okeaniya (Gavayi orollarisiz)da 2013-yilning iyul oyiga nisbatan 32,0 mln. kishi istiqomat qilgar. Shu jumladan, Avstraliyada 21,0  mln. (2/3 qismi), Yangi Zelandiyada 4,0 mln, Papua-Yangi Gvineyada 6 mln., boshqa mayda orollarda 1 mln. aholi mavjud. Aholining soni juda past sur’atlar bilan ko`paymoqda. Aholi juda notekis taqsimlangan. Aholining o`rtacha zichligi 1 km.kv ga 2,8 kishini tashkil etgani holda, ushbu ko`rsatkich mamlakatning janubi-sharqiy qismida 100-250 kishiga yetadi. Umuman olganda, aholi materikning chekka sohil qismlarida nisbatan zich, markaziy va g'arbiy hududlarida siyrak tarqalgan. Ba zi bir hududlarda doimiy aholi umuman yo'q (Eyr ko'li atroflari va markaziy qismlarida). Aholining o'rtacha yashash davri erkaklarda 80 yoshga, ayollarda 84 yoshga teng. Aholining milliy tarkibida avstraliyalik inglizlarning ulushi deyarli 90 foizga yetadi. Ulardan tashqari, mamlakatda amerikaliklar, fransuzlar, nemislar, afrikaliklar, hindistonliklar, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va hatto, о`zbeklar ham mavjuddir. Sidney shahrida o`zbeklar jamoasi mavjud.    
  Okeaniya aholisining tarkibida mahalliy xalqlarning ulushi anchagina. Jumladan, Yangi Zelandiyada mahalliy xalq - maorillarning jami aholi sonidagi ulushi 20 foizga yetadi. Bu ko‘rsatkich Papua-Yangi Gvineyada 70-80 foizga, mayda orollarda esa 100 foizgacha boradi.  Shahar aholisining ulushi Avstraliyada 89,3% ga, Yangi Zelandiyada 86,2 % ga, Mikroneziyada 22,8% ga teng. Papua-Yangi Gvineyada ushbu ko`rsatkich 12,6 % ni tashkil qiladi, xolos. 
Avstraliya va Okeaniya xo`jaligi 
 Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Fiji, Marshall orollari va Mikroneziyada iqtisodiyot nisbatan rivojlangan, qolgan mamlakatlar va orollar qoloq xo'jalik tizimiga ega.
 Avstraliyada mahalliy mineral resurslar va qishloq xo'jaligi xomashyosiga asoslangan sanoat tarmoqlari: tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori darajada rivojlangan.
 Mamlakat yirik issiqlik va gidravlik elektrostansiyalariga ega.
 Avstraliyada 2012-yilda 250 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqarildi. Bu ko'rsatkich Yangi Zelandiyada 47 mlrd kVt/soatga teng bo'ldi.
 Avstraliyada hozirgi vaqtda yiliga 30 mln. t. neft, 30 mlrd kub metr tabiiy gaz, 400 mln. tonna ko'mir qazib olinmoqda, 12-15 mln. t po'lat eritilmoqda, 300 ming donadan ko'p yengil avtomobillar ishlab chiqaiilmoqda. Don ekinlarining yalpi hosili 35-40 mln tonnani tashkil etadi, yarim mln. tonnadan ortiq paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda. Avstraliyada salkam 30 mln. bosh yirik shoxli qoramol (Yangi Zelandiyada 10 mln. bosh), 150 mln boshdan ziyod qo'y va echkilar (Yangi Zelandiyada 60 mln. bosh) mavjuddir. Avstraliyada o'rtacha yiliga 4,0 mln. tonna go'sht (Yangi Zelandiyada 1,5 mln tonna), 8 mln. tonna (Yangi Zelandiyada 9 mln. tonna) sut tayyorlanadi.
 Avstraliyada qora metallurgiya Роrt-Kembla, Nyukasl, Uandovi shaharlarida, rangli metallurgiya Maunt-Ayza, Klonkarri, Gladston, Kalgurli-Boulder, Port-Piri, Kanberra, Xobart, Risdon Bell-Bey shaharlarida rivojlangan. Yirik, katta hamda о rta shaharlarining barchasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Melburn, Sidney, Nyukasl, Brisben, Pert, Adelaida va boshqa shaharlar hisoblanadi. Avstraliyada yog'ochni qayta ishlash va selluloza-qog`oz sanoati yaxshi rivojlangan. Mamlakatda 2 mln. tonnaga yaqin qog'oz ishlab chiqarildi. Mazkur tarmoqning yirik korxonalari mamlakatning janubi-sharqidagi ko'pchilik shaharlarda joylashgan. Avstraliyada 5-6 mln. tonna sement va katta miqdorda boshqa qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mamlakatning barcha regionlari va shaharlarida mavjuddir.
 Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to'qimachilik, teri-poyabzal tarmoqlari yaxshi rivojlangan. To'qimachilik korxonalari Sidney, Melburn, Ballarat, Adelaida, Pert, Albani shaharlarida joylashgan.
  Mamlakatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ichida un va omuxta yem ishlab chiqarish, qand-shakar, go'sht, sut, baliq-konserva sanoati korxonalari keng tarqalgan va deyarli barcha shaharlarida mavjud.
  Qishloq xo'jaligida yaylov chorvachiligi (qo'ychilik) va qoramolchilik yaxshi rivojlangan. Avstraliya yaylovlarining kattaligi va ularda boquayotgan qo'ylaming soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i bo'lsa ham, mamlakatda dehqonchilik ham yuqori darajada rivojlangan. Shakarqamish. paxta va ayniqsa donchilik yuqori tovar ahamiyatiga ega. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yengil va oziq-ovqat sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi.
  Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to`qimachilik, teri poyafzaltarmoqlari yaxshi rivojlangan. To`qimachilik korxonalari Sidney, Melburn, Ballarat, Adelaida, Pert, Albani shaharlarida joylashgan.
  Mamlakatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ichida un va omuxta yem ishlab chiqarish, qand-shakar, go`sht, sut, baliq-konserva sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda mavjud.  
  Qishloq xo`jaligida yaylov chorvachiligi (qo`ychilik) va qoramolchilik yaxshi rivojlangan. Avstraliya yaylovlarining kattaligi va ularda boqilayotgan qo`ylarning soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egallaydi. Chorvachilik qiishloq xo`jaligining yetakchi tarmog`i hisoblanadi. Mamlakatda dehqonchilik ham yuqori darajada rivojlangan. Shakarqamish, paxta va, ayniqsa, donchilik yuqori tovar ahamiyatiga ega. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yengil va oziq-ovqat sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. 
 Okeaniya mamlakatlarining aholisi, asosan, baliqchilik, qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadi. Ko`pchilik orollar (Fransuz Polineziyasi, Vanuatu, Kiribati, Fiji) dunyoning yirik turizm va sayyohlik markazlariga aylandi. 
  Avstraliya doirasidagi asosiy yuklar temiryo`l transporti orqali tashiladi. Xalqaro savdo aloqalarida dengiz transportining ahamiyati beqiyosdir. Avstraliyada keyingi yillarda quvur transportining rivojlanishiga katta e`tibor qaratilmoqda. Avstraliyaning tashqi savdo aylanmasi 2012-yilda 301,1 mlrd. Dollarni tashkil etdi. Avstraliya chetga, asosan, AQSH, Yaponiya, Yevropa mamlakatlariga tog`-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini chiqaradi. Avstraliya hozirgi vaqtda Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining asosiy xomashyo bazasiga aylanmoqda. Shu bilan birga, yuqori texnologiyalarga tayanib ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ham mamlakatdan keng miqyosda eksport qilinmoqda. Import ulushining ko`payishi neft va neft mahsulotlari hamda ko`p miqdorda kompyuterlarni import qilish bilan bog`langan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash