Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlarining umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi 

1043

  Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlari qatoriga Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Kosta-Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Meksika, Nikaragua, Panama va Beliz kiradi.
  Umumiy maydoni 22825 ming km.kv, aholisining soni (2013-yil iyul oyiga nisbatan) 506 mln. kishi, shundan 353,2 mln. kishi AQSH va Kanada mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
 Mamlakatlarning aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras Nikaragua, Panama Salvador) dan iborat. Federativ respubukalarga AQSH va Meksika kiradi. Kanada – Hamdo`stlik tarkibidagi mustaqil Federativ davlat, Beliz Hamdo`stlik tarkibidagi davlatdir.
  Mamlakatlarning geografik o‘rni juda qulay, ularning ba’zilari (AQSH, Kanada Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega.
  Tabiiy resurslarga juda boy Bu o‘rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi. AQSH va Kanada tabiiy resurslaming xilma-xil turlari va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall rudalari va kimyoviy xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi. Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi - bu o'rmonlardir. O'rmonlarda qimmatbaho daraxtlar o‘sadi.
  Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to'g'ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan (Beliz) 14 mln. kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy kо`payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o'smoqda. Aholi sonining o'rtacha yillik o'sish sur’atlari AQSH va Kanadada 0,6-0,7 foizdan Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2,5-3,0 foizgacha yetadi.
 Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g’arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo'lgan tekislik va tog'oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko'llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi. ayniqsa, zich juylashgan. Aholi ingliz-amerikaliklar, ingliz-kanadaliklar, fransuz-kanadaliklar, meksikaliklar va boshqa, asosan, ispan tilida so'zlashuvchi xalqlardan iborat. Shahar aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80 foizgacha boradi, qolgan mamlakatlarda u ancha past darajaga ega (Gonduras 50,2%, Meksika – 78,1%).
  Xo'jalikning negizini AQSH va Kanadada sanoat, Meksikada sanoat bilan dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik, asosan, banan, kofe, shakarqamish, jo'xori yetishtirish tashik etadi.
  Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog'-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o'rinlarni egallaydi.
  Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, ya’ni eksport-import operatsiyalanda dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo'l va avtomobil transporti muhim rol o'ynaydi.
   Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash