Sanoat va atrof-muhit 

12 205

  Sanoat - atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Sanoat-ishlab chiqarishning salbiy ta’siri, asosan, ikki yo`nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o'rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) ishlab chiqarish jarayonida.
  Tog'-kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o'zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko'p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog`-kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln.ga. dan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta edi.
  Tabiiy resurslarni o'zlashtirish jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko'rsatilmoqda. U elektroenergetika sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan «toza»roq hisoblansa-da, to'gon, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy muvozanatni buzilishiga aholi yashab kelgan yoki o'rmondan iborat katta maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo'ladi.
  Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi.
  Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisublanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi (S02), azot oksidi (NO), uglerod oksidi (CO), benzopin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma`lumotlarga ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni sulfat gazi bilan 2 barobar tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko`proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar va havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.