Quruqlikdagi suvlar 

16 009

Yer osti suvlari.
  Yer po‘sti yuza qismidagi tog‘ jinslarining g‘ovak, bo‘shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlari hosil bo‘lishi uchun quruqlikka yetarli miqdorda yog‘in (qor, yomg‘ir) yog‘ib turishi va yuzadagi tog‘ jinslari suvni chuqurga o‘tkazib yuboradigan darajada g‘ovak bo‘lishi zarur. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajasiga bog‘liq. Masalan, shag‘al , qum suvni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun shag‘al, yirik qum, qum suvni o‘tkazuvchi jinslar deyiladi.
Qatlam oralig‘i suvlari.
  Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra ular suvni o‘tkazmaydigan jinslar deb ataladi. Yer po‘stining yuza qismidagi tog‘ jinslari qatlam-qatlam bo‘lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi.
  Ikkita suv o‘tkazmaydigian qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi.
Artezian quduqlar.
  Agar tog‘ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo‘lsa, yer osti suvlari bosimli bo‘ladi. Bunday joylarda burg‘ qudug‘idan suv favvora hosil qilib, otilib chiqadi. Bunday quduqlarartezian quduqlar deyiladi.
Grunt suvi.
  Yer yuzasidagi g‘ovak jinslar orasidagi suvlar grunt suvi deb ataladi. Grunt suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg‘ir ko‘p yog‘ib turganligi sababli yuqori bo‘ladi. Yozda, kuz boshida esa pasayib qoladi.
  Grunt suvlari tog‘ jinslaridagi g‘ovaklar orqali past tomonga asta-sekin siljiydi (oqadi). Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib, buloqlarni hosil qiladi.
  Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud. Ular mineral suvlar deyiladi. Bunday suvlardan esa turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.