Yuklanmoqda...

Tabiat shousini tomosha qiling


Texnika imkoniyatlari sarhadsiz bo’lsa ham, u baribir tabiat kabi mo’’jizakor manzaralarni yarata olmaydi. Har bir tabiat hodisasini so’z bilan ifodalash mumkin. Biroq undan oldin quyidagi manzaralarni o’z ko’zingiz bilan tomosha qiling. 
 

1. Vaadu oroli qirg`oqlari tunni minglab moviy shu’lalar bilan yoritadi. Yorug`lik manbalari fitoplakonlar hisoblanadi. Moviy alanga elektrik impulslarga ulangan. Natijada tebranuvchan, to’lqinli harakat paydo bo’ladi.  
 

2. 56 259 gektarli Mariposa-Monarko biosferali qo’riqxonasi noyabrdan mart oyigacha milliardlab kapalaklarga boshpana bo’ladi. Bu yerga hashoratlar qishlash uchun AQShning chegaradosh hududlaridan kelishadi. Dunyodagi eng ko’rkam jonivorlar migratsiyasida o’rmon yorqin va rang-barang gilam bilan o’ranadi.  
 

3. Quyosh va portlashdan zaryadlangan parchalarning o’zaro ta’siri natijasida shimol yog`dusi kabi tabiat hodisasi yuz beradi. Shimol yog`dusi qutbi nomli hodisa Lofotensk orolidan Nordkapagacha bo’lgan hududlarda ham yuz beradi. Bu yerda shimol yog`dusini yerning boshqa o’rinlariga qaraganda yaxshiroq ko’rish mumkin.
 

4. Yapon sakuralarining nur sochishini hayot go’zalligi va qisqaligiga taqqoslash mumkin. 7-10 kun davomida minglab daraxtlar oq, oq-pushti gullarga burkanadi. Bu manzara uzoqdan pushti bulutga o’xshaydi.
 

5. Tanna orolidagi Yasur vulqoni o’n sakkiz asrdan beri o’z kuchi va qudratini har kuni mana shunday namoyon etib turadi. Bu uzluksiz lava otib turuvchi dunyodagi yagona so’nmas vulqondir.
 

6. Gollandiyaning asosiy diqqatga sazovor o’rni lolali dalalaridir. Kyokenxof Qirollik gullar parki ana shunday chamanzorlardan biri. Parkda 100 turdagi 4,5 million lola mavjud bo’lib, bu ziynatni mart yarmi va may o’rtalarigacha tomosha qilish mumkin.  
 

7. Yellouston milliy parki (AQSh) lanshafti va tabiati bilangina mashhur emas. Yellouston — geyzer, ya’ni o’qtin-o’qtin otilib turuvchi issiq buloqlarning mahobatli maskanidir. Bu yerda 3 ming geyzer mavjud bo’lib, dunyodagi bunday buloqlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi.  
 

8. Svift-Tuttla kometasining qismlari Yer atmosferasiga kirishda yonib, yulduzli yomg`irni ko’rinishini olgan. Avgust oyida meteorlarning soni eng yuqori ko’rsatkichni qayd etgan va bir soat mobaynida 60 meteor yerga tushgan.  
 

9. Viktoriya 100 metrdan oshiq balandlikdan quyuluvchi va kengligi 1 kilometrdan oshiq bo’lgan yagona sharsharadir. Undan har daqiqada 550 million litr suv oqib tushadi. Suv tomchilaridan katta bulut hosil bo’ladi.  
 

10. Katta oqim natijasida plankton (dengiz jonivorlari) mana shunday tartibda namoyon bo’lishadi. Sipadan oroli atrofidagi suvlarda 3000 turli minglab baliqlar suzib yurishadi. Tabiat akvariumida tunets, makrel, barrakudlarni ham ko’rish mumkin.  

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top