Yuklanmoqda...

G'aroyib dizaynli pullar


Qog'oz pullar paydo bo'lganiga ham ming yildan oshdi. Haligacha turli davlatlarning kupyurlari bir-biriga o'xshaydi. Shunday bo'lsa-da, ba'zida hech qaerda uchratmagan kupyurlar qo'lingizga tushadi. Look At Me qiziqarli tarixga ega bo'lgan mana shunday 9 ta banknotni saraladi.
Eshak va mahluq aks etgan olmon notgeldi
 
Birinchi jahon urushi mobaynida Germaniyada mayda pul etmay qolgan va shuning hisobiga giperinflyatsiya boshlangan. Shuning uchun Reyxsbank mahalliy pul notgeldni joriy etgan. U boshqa Yevropa davlatlarida qo'llanilgan bo'lsa-da, asosan Germaniyada ommaviy edi. Olmon notgeldlari mahalliy hukumat va bir necha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qog'oz, chinni va presslangan ko'mirdan yasalgan. Kupyurlar juda jimjimador edi. Ularning bittasida eshak, boshqasida tishini ko'rsatib turgan maxluq ko'rinardi. Kupyurlar 1923–1924 yillarda asta-sekin muomaladan chiqarildi.
 
San'at arboblari portretlari aks etgan Shveytsariya franklari
 

 

1990 yilning birinchi yarmida Shveytsariya Milliy banki kupyurlarni o'zgartirdi. Ular vertikal shaklda edi. Kupyurning yuz tarafiga me'mor Le Korbyuze, kompozitor Artyur Onegger, rassom Sofi Toyber-Arp, haykaltarosh Alberto Djakometti, yozuvchi Sharl Ferdinand Ramyu va madaniyatshunos Yakob Burkxardtning portretlari tushirilgan. Ikkinchi tomonida esa ularning biografiyasi ko'rsatilgan. Franklar juda pishiq va ishonarli valyuta bo'lib, ular xolst, ya'ni kanopdan to'qilgan matodan qilingan.
 
Yorqin rangli Samoa talasi 
2008 yilda Samoa davlati yangi banknotlarni joriy etishdi. Unda peyzaj, bolalar, regbi (futbolning bir turi) bo'yicha terma jamoa, Gonkongdagi e'tiborli turnir, markaziy bank kabi tasvirlar bor. Eminent (qimmatli qog'oz chiqarish huquqiga ega bo'lgan davlat yoki tashkilot) bu erda asosan kupyurdagi quvnoq ranglar jilosiga e'tibor qaratgan. Shaftolirang, firuza, yorqing-sariq, och binafsha ranglar shular jumlasidandir.
 
Londonning bitta tumanida muomalada bo'lgan funtlar
 
Brikston funti Londonning bor-yo'g'i bitta tumanida ishlatiladi. 2009 yilda mahalliy tashabbuskorlar jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotni ko'tarish maqsadida banknot ishlab chiqishdi. Hukumat ham ularni qo'llab-quvvatladi. Kupyurda musiqachi Devid Boui, faollardan Oliv Morris, olim Jeyms Lavlok, basketbolchi Luol Deng va boshqa mashhur inglizlar tasvirlangan. Brikston funti funt sterling bilan teng yuradi, biroq kollektsionerlarga u qimmatroq sotilmoqda.
 
100 trillion Zimbabve dollari 
Zimbabveda inflyatsiya darajasi nihoyatda yuqori. 2008-yilning ikkinchi yarmida 23 ta belgi bilan uni hisoblab chiqishgan edi. Bu darajadagi katta inflyatsiya sharoitida hukumat hech narsaga xizmat qilmaydigan banknot ishlab chiqardi.
 
Qozog'istonning vertikal–gorizontal tengesi
 
"The International Bank Note Society” (IBNS) kollektsionerlar assotsiatsiyasi Qozog'istonning vertikal–gorizontal tengesini eng yaxshi kupyur sifatida e'tirof etishdi. Banknotning bir tomonida 1 000, 5 000 va 10 000 tenge deb vertikal yozilgan, ikkinchi tomonida esa gorizontal tasvir bor.
 
Yuqori texnologiyali Kanada dollari
 
2011-2013-yillarda Kanada banki polipropilen va poliolefindan qilingan kulrang banknot ishlab chiqdi. Yangi dollar dunyodagi birinchi polimerli kupyur emas. Biroq yuqori texnologiya asosida ishlab chiqilgan shaklda maketning o'ziga xosligi yangi kupyurning yutug'idir. Uning yuza tarafida mamlakatning bosh vaziri va Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning tasviri tushirilgan.
 
Pikselli norvej kronasi
 
Norvej banki kupyur uchun yangi dizayn topish borasida tanlov e'lon qildi. Tanlov yakunida Enzo Finger studiyasining "chipor maketi” g'olib bo'ldi. Kupyurlarning yuza tarafida tasvirlar mayoq, drakar, to'lqin tasvirlari tushirilgan. Orqa tarafi esa "pikselli” bo'lib, abstrak suratlar tasvirlagan. 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar