Yuklanmoqda...

Havo sharida koinot chegarasigacha parvoz qilish mumkinmi?


 
Umringizda bir bora bo'lsa ham fazoga parvoz qilishni istaganmisiz. Biroq bu orzuni amalga oshirish barchaga ham nasib etavermaydi. Koinotga sayohat qilish — qanday bo'ladi? Bu savolga endi katta loyihalarni o'z ichiga olgan havo sharlari javob bera olishi mumkin. Mazkur loyihalar endilikda bizlarni olis yulduzlar tomon etaklaydi.
 
Biroq fazoda biz bilan osmon mutlaqo boshqacha ko'rinish oladi.U avvalgidek to'q-ko'k rangda emas, deyarli qora tusga kiradi. Qattiq erdan ko'rinmagan yulduzlar, endi minglab yog'dular sochadi.
 
Bu noodatiy parvozda oynalar xuddi «Yulduzlar jangi»dagi samoviy kemalarga o'xshab ketadi; «Aerobuslar» va «Boinglar» esa sizdan anchayin pastroqda uchadi. Bu imkoniyatni esa yo'lovchidarni erdan 32 kilometr balandlikda sayr qildirishni rejalashtirgan World View Enterprises kompaniyasining havo sharlari taqdim etadi.
 
Hozircha Arizona kompaniyasining bu loyihasi faqatgina sinov parvozlarini amalga oshirmoqda. Ilk yo'lovchilarni esa havoga ko'tarish rejasi kelasi yilga belgilangan.
 
Havo sharlari qachondan beri uchiriladi?

Aka-uka Raytlar havoga ilk bor ko'tarilgunga qadar aviatorlar fazoga chiqishga muvaffaq bo'lishgan. Jak Sharl va Nikolya-Lui Rober birinchi marta vodorodga to'ldirilgan havo sharini Parijda 1783-yil dekabr oyida uchirishgan; o'sha kuni Sharl shu sharda o'zi uchgan va 3000 metr balandlikka ko'tarilgan.
 
Havo sharlari XX asr boshlarida samolyotlar paydo bo'lishi bilan chetga chiqqan bo'lsada, ular birinchi samolyotlarga nisbatan ancha balandroq uchar edi. 1935-yilda kapitanlar Orvil Anderson, Uilyam Kepner va Albert Stivens 22,4 kilometrgacha balandlikga ko'tarilishadi — bu esa Yer egriligini ochiq ko'z bilan ko'rish uchun etarlicha masofa edi. Shundan so'ng odamlarning Yerni samodan turib o'z ko'zi bilan ko'rish istagi yanada ortib bordi.

Qanday muammolar mavjud edi?
 
Anderson, Kepner va Stivens dengizga tushiriladigan moslamaga o'xshash bosim ostida ishlovchi kapsulada o'z parvozini amalga oshiradi. O'n yil o'tgach, 1946-yilda amerikalik olim Pol Stapp 100 foizli kislorod bilan nafas olish havoda uchayotganlar uchun bo'g'ilib qolishdan qochishga yordam berishini hisoblab chiqdi va ochiq sharda uchgan holda bu nazariyani tekshirdi. Stappning bu topilmasi to'g'ri bo'lib chiqdi va NASA astronavtlari hozirgi kunda ham mazkur havo aralashmasidan nafas oladi.
 
1957-yilda Devid Saymons birinchi marta 30 kilometr balandlikga chiqishga erisha oldi. Saymonsning parvozi kosmik uchishning inson organizmiga qanday ta'sir ko'rsatishi, shuningdek, inson Yer atmosferasidan tashqarida ham yashab keta olishini tekshirishdan iborat edi Buning uchun kapsulani nemis muhandisi, ko'plab muvaffaqiyatli havo sharlarining bosh arxitektori Otto Vintsen yaratdi. Vintsen birinchi hayotni ta'minlash tizimiga asos soldi. Vintsen ixtirolari insonlarga koinot chekkasigacha etib olib, Yerga xavfsi qaytishiga yordam berdi.
 
Havo sharida koinot chegarasigacha parvoz qilish mumkinmi?

1999-yilda ikki inson 20 kun davomida dunyo bo'ylab to'xtovsiz harakat qilgan havo sharida parvoz qilgan. Hozirgi kunga kelib World View va Ispaniyaning Zero2infinity kabi kompaniyalari «koinot chegarasida» sayyohlik parvozlarini amalga oshirish uchun rejalar tuzmoqda, sinov jarayonida esa u erga ilmiy uskunalar olib borilmoqda. Zero2infinity yo'lovchilar bilan ilk parvozni 2018-yil amalga oshirishni rejalashtirgan.
 
So'nggi yil ichida havo sharidaga eng shov-shuvli parvoz avstriyalik Feliks Baumgartner tomonidan amalga oshirilgan. U eng baland sakrash bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi — u Nyu-Meksikoda havo sharidagi kapsula ichidan 36,4 kilometr balandlikda pastg sakragan.
 
World View kompaniyasi besh yo'lovchi va ikki ekipaj a'zolarini qabul qilishni reja qilmoqda. Bu parvoz 75 000 dollar turadi. Ikki soat davomida siz manzarali oynalar orqali Yerni yuqoriga ko'tarilgancha tomosha qilishingiz mumkin. Bortda hattoki, internet ham mavjud, shu sababli siz bemalol tarmoqlarga kirish imkoniga ega bo'lasiz. Biroq bu olamshumul sayohat narxi juda, juda qimmatga tushadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar