Yuklanmoqda...

Qiyin sharoitda suvni tozalashning oddiy usullari


Shaharda, qishloqda, xullas, aholi istiqomat qiladigan nuqtada suv muammosiga duch kelmasligingiz tayin. Lekin tabiat qo’ynida yolg`iz qolganingizda, eng yaqin aholi joy o’nlab kilometr uzoqlikda qolib ketsa, suv zaxiralaringiz esa tugab qolsa, unda nima qilish kerak?

Albatta, suv topish katta qiyinchilik tug`dirmaydi, lekin har qanaqa suvni ham ichib bo’lmaydi. Ana shunday holatlarda sizga suvni tozalash va uni ichishga yaroqli holatga keltirish usullarini bilish asqatadi. Quyida tabiiy sharoitda, qo’shimcha texnik vositalarsiz suvni tozalash usullari bilan tanishishingiz mumkin.

1.Qaynatish. Qo’lingizda qozon yoki shunga o’xshash boshqa idish, gugurt va o’tin bo’lsa, bu ishni bemalol amalga oshira olasiz.

2.Tosh. Agar yuqoridagi usuldan foydalanish uchun qo’l ostingizda suv ushlaydigan idish bo’lmasa, toshni olovda qirq daqiqa yoki bir soat davomida qizitib, suv turgan idishga yoki tabiiy manbaga tashlang.


3. Quyosh. Ikki litrgacha bo’lgan plastik idishga suvni joylashtirib, quyoshda qoldiring. Ultrabinafsha nurlar o’z ishini maromida bajarib, suvdagi biologik faollikni o’ldirib yuboradi. Bu usul kimyoviy faol suvni tozalashda samara bermaydi; shuningdek, .uni bakterial sporalar va ayrim parazitlarga qarshi qo’llashdan foyda yo’q.


4. Yod. Agar qo’l ostingizda yod bo’lsa, uni suvga aralashtiring. Suvning ta’mi buziladi, lekin ichsa bo’ladi.


5. Filtr. Sayohatchilarning hammasi ham maxsus suv filtri ko’tarib yurmasligi tayin. Ammo uni tabiiy sharoitda, o’z qo’lingiz bilan yasasangiz bo’ladi. Oddiy plastik idishni olib, uning pastidan bir nechta teshik oching, idish tubini ichkaridan bir necha qavat mato bilan qoplang. Ustidan bir siqim tuproq sepib, so’ng qo’lbola filtrga suv quya boshlashingiz mumkin. Bu ishni bir necha marotaba takrorlash mumkin. Filtrning quyi qatlami ko’mirdan bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi.


6. Yer filtri. Asosiy suv manbai yaqinida chuqurcha qazib, uning suv bilan to’lishini kutasiz. Uning yonidan yana bir chuqurcha qaziysiz. Bu ishni bir necha marta takrorlaysiz, oxirgi chuqurchada to’plangan suv toza va musaffo bo’lishi kerak.


7. Tuz. Tuz xavfli infeksiyalarni yo’q qila olmasa ham, suvni bir qadar tozalashi mumkin. Bu usulni boshqalarini amalga oshirish imkoniyati bo’lmagandagina qo’llash kerak. Ikki litr suvga yuz gramm tuz solib, uni yaxshilab chayqatib yuboring, so’ng yigirma daqiqa davomida tindiring.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar