Yuklanmoqda...

Siz eshitmagan sayyohlik maskanlari


Zamonaviy siyosiy xaritada 250dan ortiq mamlakat bor. Butun sayyoramizdagi sayyohlik maskanlarining esa sanog`iga yetish qiyin. Bu esa bizga sayohat uchun joy tanlashda cheksiz tanlov imkonini beradi. Lekin ko’pchilik Misr, Turkiya yoki Tailandni tanlaydi.

Lekin dunyoda shunday maskanlar borki, ularni hali aksariyat sayyohlar borib ko’rish tugul, eshitishmagan ham. Ana shunday maskanlar bilan tanishing.

Bangong-So, Hindiston/Xitoy

Himolayda joylashgan, dengiz sathidan 4350 metr balandlikdagi oqmas ko’l. Ko’l suvi sho’r, shuning uchun unda deyarli mavjudotlar yashamaydi. Olimlarning taxminicha, bu ko’l qadim zamonlarda Tibet hududini qamrab olgan okeanning qoldig`idir.

Madain Salix, Saudiya Arabistoni

Hijozdagi arxeologik inshootlar majmuasi YuNESKO Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. Bu yerda bundan deyarli 20 asr muqaddam bunyod etilgan gidrotexnik inshootlar mavjud.
 
Uai-O-Tapu, Yangi Zelandiya

Bu hududda ko’plab qaynoq buloqlar joylashgan. Park qo’riqlanadigan hudud hisoblanadi, lekin sayyohlar uchun qisman ochiq.

Al-Jam, Tunis

Bu amfiteatrni Rimdagi Kolizey bilan adashtirib yuborish hech gapmas. Lekin u yerdan farqli ravishda bu amfiteatrda sayyohlar oqimiga ko’zingiz tushmaydi. Bu yerga 30 ming nafar tomoshabin sig`ishi mumkin va u kattaligi jihatidan Rim imperiyasidagi uchinchi o’rindagi amfiteatr hisoblanadi. 

Uzoq yillar davomida bu yerni kam sonli mahalliy aholigina bilgan. Elektr ta’minoti kelganiga ham atigi 20 yil bo’ldi. Inson oyog`i yetmagani uchun bu yerda hamma narsa asl holicha saqlanib qolgan.

Xayku zinasi, Gavayi

Bu amfiteatrni Rimdagi Kolizey bilan adashtirib yuborish hech gapmas. Lekin u yerdan farqli ravishda bu amfiteatrda sayyohlar oqimiga ko’zingiz tushmaydi. Bu yerga 30 ming nafar tomoshabin sig`ishi mumkin va u kattaligi jihatidan Rim imperiyasidagi uchinchi o’rindagi amfiteatr hisoblanadi. 

Uzoq yillar davomida bu yerni kam sonli mahalliy aholigina bilgan. Elektr ta’minoti kelganiga ham atigi 20 yil bo’ldi. Inson oyog`i yetmagani uchun bu yerda hamma narsa asl holicha saqlanib qolgan.

Xobart, Avstraliya

Shahar Tasmaniyaning moliyaviy va ma’muriy markazi hisoblanadi. Unga 1804 yilda asos solingan va shaharda ko’plab qadimiy inshootlar saqlanib qolgan.

Greyt-Smoki-Mauntins, AQSh

Bu milliy parkda sutemizuvchilarning 66 turini uchratish mumkin. Yoz faslida esa bu yerda Photinus carolinus deb nomlanuvchi yonarqurtlar ikki hafta davomida mehmon bo’lishadi. Oqshomlari o’ziga xos yorug`lik shousiga guvoh bo’lishingiz mumkin.

Sehrlangan daryo, Filippin

Mindanao orolida, Xinatuan poselkasi yaqinida Sehrlangan daryo oqib o’tadi. Uning suvi hayratlanarli darajada tiniq. Baliqlar bu yerda suzib emas, uchib yurgandek taassurot uyg`otadi.

Alberobello, Italiya

Apuliya regionidagi bu shahar o’ziga xos me’morchiligi bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadi. Shahardagi binolarning tomi antiqa bo’lib, dunyoning hech bir mamlakatida bunday inshootni uchratmaysiz.

Szyuchjaygou, Xitoy

Sichuan provinsiyasi shimolida joylashgan "To’qqiz qishloq vodiysi” qo’riqxonasining maydoni 720 kv.kilometrni tashkil etadi. Milliy parkda uchta vodiy bo’lib, har bir vodiy o’ziga xos tabiat manzarasiga ega.

Qirol so’qmog`i, Ispaniya

Chorro va Gaytanexo sharsharalari o’rtasidagi bu so’qmoq uzoq yillar davomida eng xavfli so’qmoqlardan biri hisoblangan. Ispaniya hukumati ushbu so’qmoqni ta’mirlab, dunyodagi eng tomoshabop so’qmoqqa aylantirdi.

Balos, Gretsiya

Krit va Gramvus oroli orasida joylashgan buxta. Bu yerda dengiz turli ranglarda tovlanadi, uning tubi esa faqat qumloqdan iborat.

Uakachina, Peru

Ika shahridan bir necha kilometr uzoqlikda 200 nafar kishi yashaydigan voha joylashgan. Shahar kichik ko’l yonida qad rostlagan.

Ulin’yuan, Xitoy

Turli shakl va ko’rinishdagi 3000dan ortiq cho’qqi va qiyaliklardan iborat maskan. Bu yerda daryolar, ko’llar, sharsharalar joylashgan bo’lib, yo’qolib ketayotgan ko’plab o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari ham shu yerda.

Las-Laxas, Kolumbiya

Ipiales shahridan 7 kilometr narida joylashgan cherkov 1948 yilda qurilgan. Devorda chaqaloq ko’targan ayol qiyofasi paydo bo’lgan, u kasallarni davolash xususiyatiga ega deb hisoblanadi.

Rangiroa, Fransuz  Polineziyasi

Rangiroa Tuamotu arxipelagining eng yirik atolli hisoblanadi. U 415ta orolchadan iborat bo’lib, ularda 2400ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Atoll dayving uchun eng yaxshi joy sifatida tanilgan.

Namakvalend, Janubiy Afrika

Namakvalend milliy parki bir yilda bir marta yuz minglab moychechaklar gullaydigan vohaga aylanadi.
 
Perpetua buruni, AQSh

Ushbu burun orqali 40 kilometrli sayyohlik yo’nalishi o’tadi. Bu yo’nalishda turli xil tabiat mo’’jizalariga duch kelish mumkin. Ular orasida eng diqqatga sazovori Tor qudug`i bo’lib, undan favvora otiladi.

Salina Turda, Ruminiya

Ulkan tuz koni sayyohlik attraksioniga aylantirilgan. Atigi 5 yevro evaziga 100 metr yer ostiga tushish, tuzli havodan nafas olish va tomosha g`ildiragida sayohat qilish mumkin.

Selus, Afrika

Qo’riqxonaning maydoni 54 600 kv.kilometr. Bu yerda asosan fillar, begemotlar, jirafalar, sherlar va savannaga xos boshqa jonivorlar yashaydi.

Ranakpur, Hindiston

Jaynlarning ibodatxona majmuasida 1444ta ustun bo’lib, birortasi ham bir-biriga o’xshamaydi. Ibodatxona to’laligicha oq marmardan bunyod etilgan.

Aposl Aylends Neshnel Leykshor, AQSh

Bu maskan har birimizni tadqiqotchiga aylantirib yuborishi mumkin. Bu yerda 21ta orol bo’lib, orollardagi sharsharalar, ko’llar, g`orlar va o’rmonlar maskanning diqqatga sazovor joylari hisoblanadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar