Yuklanmoqda...

Noqulay sharoitlarga qaramay insonlar yashovchi eng chekka 10 maskan


Ko’pchilik yirik shaharlar va zamoanviy megapolislarga yaqinroq yashashga harakat qilayotgan bir vaqtda ba’zilar shovqin-surondan yiroq maskanlarni tanlashadi. Odatda ular uchun manzarali hududda joylashgan dala hovli boshpana bo’lib xizmat qiladi. Biroq bunday joylar toza havo va tabiat bilan yakkama-yakka qolishni xush ko’ruvchi kishilarning hammasiga ham ma’qul kelavermaydi. Ba’zilar uchun "sivilizatsidan yiroqda bo’lish" to’g`ridan to’g`ri ma’noda tushuniladi.

Ular sokinlik va xotirjamlikni Yerning eng chekka hududlaridan topishadi. Trendymen ayovsiz sharoitlarga qaramay, odamlar muntazam yashab keluvchi 10 chekka hudud haqidagi ma’lumoti bilan bo’lishdi.

Moto, Tibet

Bu maskan bilan hech qanday transport xabarlashuvi yo’q, shunday bo’lgan taqdirda ham uzoqqa bormaydi - barchasi yo’llarni sel bosishi bilan tugaydi. U yerda yashovchilar eng yaqin aholi punktiga yetib olishi uchun 80 kilometrga yaqin  tog`li hududni bosib o’tishiga to’g`ri keladi. Bunday izolyatsiyaga qaramay, ushbu yashash tarzi deyarli 11 ming kishini qoniqtiradi.

Oymyakon, Rossiya

Bu yerda yoz qisqa muddat davom etadi va kun davomida harorat keskin o’zgarib turadi. Qishda esa termometr 50-60 daraja sovuqdan past ko’rsatkichga ishora qiladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1938-yilda qishloqdagi harorat 77,8 daraja sovuqqacha tushgan. Tashqi dunyodan uzilganlik va ayovsiz iqlim u yerda muntazam yashovchi 500 nafar kishini qo’rqita olmagan ko’rinadi.

Illokkortoormiut, Grenlandiya

Bu aholi punktida atigi 452 kishi istiqomat qiladi. Ular "katta yer"gacha faqat ikki usulda yetib olishi mumkin - qayiqda yoki vertolyotda.

Reyne, Lofoten orollari

Moskenesyoy orolidagi Reyne nomli qishloqda bor-yo’g`i 329 kishi yashaydi. Қishloqning kichik hududi Norvegiyaning eng ko’rkam maskanlari qatoridan joy olishiga to’siq bo’la olmaydi.

Yetti dengiz Edinburgi, Tristan-da-Kunya

Ikkinchi jahon urushi oxirigacha orolda harbiy garnizon joylashgan bo’lgan. 1961 yilda bu yerda vulqon otilgan va aholi orolni tark etgan. 1963-yilda jonajon vataniga qaytib, tabiiy ofatdan talofat ko’rgan yerlarni qayta tiklash istagini bildirgan kishilar topildi. Bugungi kunda u yerda 300 nafarga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Uakachina, Peru

Ika mintaqasidagi voha-qishloq Limadan 5 soatlik yo’lda joylashgan. Sahroning qoq o’rtasida 115 kishi yashab kelmoqda.

Undredal, Sogn-og-Fyurane, Norvegiya

Bu kichik shaharcha 1980-yillarda yuzaga kelgan. O’sha davrlardan buyon ko’p narsa o’zgarmagan, faqat zamonaviy sivilizatsiyaning ba’zi yutuqlari cho’l hududiga kirib kelgan. Shunday bo’lsa-da, bu yerda atigi 100 ga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Pugtal Gompa, Hindiston

Bu maskanni aholi punkti emas, monaxlar jamiyati desak, to’g`riroq bo’lardi. Tarixi XII asrga borib taqaluvchi ibodatxona 70 nafar monarx uchun uyga aylandi.

Adamstaun, Pitkern orollari

Bu maskan dunyodagi eng kichik poytaxt hisoblanadi. Orollardagi yagona aholi punkti Pitkernda atigi 48 kishi doimiy yashab keladi. Ularning aksariyati Britaniyaning "Baunti" kemasi isyonkorlari avlodlaridir.

Gasadalur qishlog`i, Vagar oroli

Farer orollari guruhiga kiruvchi mazkur orolni sayyohlar  bir ovozdan eng xushmanzara maskan deb atashadi. Biroq uning ajoyib manzarasidan bahra olib, u yerda doimiy  yashashga hamma ham rozi bo’lavermaydi - Gasadalurda bundaylar atigi 18 kishini tashkil qilgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar