Yuklanmoqda...

Qozog`iston oltin koni


Hozir siz bilan birgalikda Qozog`istonda oltin qanday olinishi haqida suhbatlashamiz.

1. Vasilkovskiy oltin koni radiaktiv moddalar topish maqsadida (1960-61-yy) sobiq ittifoqning geologiya vazirligi tomonidan 1963-yilda ochilgan.
 

2. Bu yerda oltin zaxirasi 1975-yilda aniqlangan. Shu bilan birinchi tamal toshi qo’yilgan. Oltin qazib olish yili esa 1981-yildan boshlangan.
 

3. Oltin — qazish yo’li bilan olinadi.
 

4. 1991-yili MDH davlatlari orasida birinchi bor Vasilkovskiy oltin konida oltinlarni uyumlarda eritish orqali olish yo’lga qo’yildi. Bu oltin ishlab chiqarish unumdorligi oshirdi. Katodli birinchi oltinlar 1991-yilning iyulidan olina boshlandi. Ammo bu uslubda oltin olishda faqat oksidlangan rudalargina naf berardi xolos. Bunday rudalar esa kamayib borardi.
 

5. Oltin olish boshlanganidan to 2006-yilgacha 11,5 tonna oltin, shu bilan birga 14,3 mln. tonna ruda ham kavlab olindi. Sulfidli rudalarni ishlash uchun yangi, o’ta mukammal texnologiyalar talab etilardi.
 

6. Yangi oltin ishlab chiqarish fabrikasini qurish ishlari 2008 yilning aprel oyida boshlandi va 2009-yilning to’rtinchi choragida yakuniga yetkazildi. Bu loyihaga 700 million AQSh dollariga teng uzoq muddatli sarmoya jalb etildi.
 

7. Ishlab chiqarishdagi asosiy o’zgarish yuqorida keltirib o’tilgan uslubdan voz kechish bo’ldi. Endi oltinli rudalarni mukammal texnologiyalar yordamida va odatiy rudadan oltinni ajratib olish yo’lidan foydalanildi. Bu — flotatsii, gravitatsii i sianirovaniyalardir.
 

8. Kon loyihasi juda katta maydonni o’z ichiga olgan. Yuza qismi – 1210 ming.m.kv, eni – 1200 metr, uzunligi – 1300 metr, chuqurligi 450 metr, yer osti kavlash chuqurligi – 660 metrni tashkil etadi.  2009-yilda konning chuqurligi 67 metrni tashkil etgan.
 

9. Yangi qurilgan oltin olish fabrikasini yetarlicha ruda bilan ta’minlash uchun konni kengaytirish ishlari ham yo’lga qo’yilgan.
 

10. Tog` jismlarini tashish unumdorligini oshirish maqsadida avtoparkning yuk mashinalari butunlay almashtirildi. "Belaz” avtomobillari o’rniga AQShning "Caterpillar” firmasiga taalluqli "SAT-777” yuk avtomobillari olindi. Bu mashinalarning yuk ko’tarish quvvati 96 tonnani tashkil etadi.
 

11. Kon ekskavatori "Bucyrus” tomonidan ishlab chiqarilgan. Og`irligi 287 tonna, bir kovshda olishi 17 kubometrni tashkil etadi.
 

12. Balandligi esa 7,6 metr.
 

13. Har bir yuk mashinasining o’z nomi bor. Masalan, siz hozir suratda "Rubin” va "Qozog`iston” nomli yuk mashinalarini ko’rib turibsiz.
 

14. Bu yerdagi tog` texnikalarining umumiy qiymati 50 million dollarni tashkil etadi.
 

15. Hozirda bir tonna tog` jinsida 1-2 gramm oltin bor. Shu sababli bu yerdan eski uslubda — cho’kich bilan kavlash yoki suv bilan yuvib, qimmatbaho metallni olib bo’lmaydi.
 
16. Ekskavator kabinasi.
Sarvar Anvar o`g`li tayyorlagan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar