Yuklanmoqda...

Sayyohlarni xayoliga ham kelmagan Yevropaning ajoyib 8 davlati


Yevropa bo’ylab sayohat qiladigan aksari sayyohlar, birinchi navbatda, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya kabi mamlakatlarni tanlashadi. Ularning yonida joylashgan ayrim davlatlar esa umuman hisobga olinmaydi. Agar siz ularning birida yoki ko’pchiligida bo’lsangiz, bu mamlakatlar haqidagi fikrlaringiz mutlaqo noto’g`ri ekanligini tushunib yetasiz. O’zining boy tarixi va milliy madaniyatiga, turli xil hordiq chiqarish maskanlariga ega hamda arzon narxlarda xizmat ko’rsatishi yuzasidan ushbu mamlakatlar, albatta, sizda yorqin tassurot qoldiradi.

Albaniya

1. Albaniya yaqin-yaqingacha Yevropaning yopiq mamlakatlaridan biri hisoblangan. Bugungi kunda davlat Yevropa Ittifoqiga kirish uchun rivojlanish yo’lidan bormoqda. (Imir Kamberi/Imir Kamberi)


2. Sayohlarga Albaniya tarixi bilan tanishish, mahalliy qahvadan tatib ko’rish hamda Shkoder va Tirana shaharlariga tashrif buyurish maroq bag`ishlashi shubhasiz. Shuni ham hisobga olish lozimki, Albaniyada yilning 300 sutkasida ob-havo ochiq bo’ladi. (Kuzmenko Kristina)


3. (Rob Hogeslag/CC BY-ND 2.0)

Serbiya

4. Agar tog`lar bag`rida, sukunatda hordiq chiqarishni istasangiz Serbiya aynan siz uchun. Bundan tashqari sayohlarga mamlakat poytaxti Belgradga tashrif buyurish ham qiziqarli bo’ladi. Butun bir kuningizni ushbu shahar tarixi va uning aholisini o’rganishga sarflasangiz ham kamlik qiladi. Sizni qiziqarli muzeylar, o’rta asrlar monastiri hamda ko’hna obidalar kutib turibdi. (Rudolf Getel/CC BY 2.0)


5. Bulardan tashqari Serbiya o’zining yozgi piyoda yo’nalishlari va qishlik dam olish maskanlari bilan ham ancha mashhur. (Adrien DUBUISSON/CC BY-NC-ND 2.0)


6. (your local connection/CC BY-NC-SA 2.0)

Slovakiya

7. Slovakiya o’zining bir qancha go’zal maskanlari, masalan, 9 ta milliy xiyoboni, yuzlab g`orlari (shulardan 15 tasi sayyohlar uchun ochib qo’yilgan), daryo va ko’llari bilan maqtana oladi. (Travel via Italy/CC BY 2.)


8. Mamlakat o’zining tog` chang`ili kurortlari bilan ham faxrlanadi. (Jim Nix/CC BY-NC-SA 2.0)


9. (CC BY-NC-SA 2.0)

Lixtenshteyn

10. Lixtenshteyn — eng kichik davlatlar qatoriga kiradi. Uning yer maydoni bor-yo’g`i 160 km² ni tashkil etadi. Mamlakat chang`i sportini sevadiganlar uchun ajoyib joy hisoblanadi. (Benjamin Meier/CC BY-NC-SA 2.0)


11. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlarga Lixtenshteyn badiiy muzeyi, Lixtenshteyn milliy muzeyi, Chang`i muzeyi va yana Vaduts hamda Gutenberg qasrlari ko’rsatiladi. (R∂lf Κλενγελ/CC BY-NC 2.0)


12. (Clemens v. Vogelsang/CC BY 2.0)

Belarus

13. Mamlakatning o’ziga tortadigan eng asosiy jihati bu tozaligidir. Siz Minskda zamonaviy va tarixiy inshootlar manzarasidan, yashil bulvarlar va so’lim xiyobonlardan zavq olishingiz mumkin. (Dennis Jarvis/CC BY-SA 2.0)


14. Umaman olganda Belarus o’zining boy madaniyati hamda o’tmishiga ega mamlakat hisoblanadi. U yerda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari o’zining sifati bilan ham dong qozongan. Belorus xalqi — quvnoq va do’stonadir. (Marc Veraart/CC BY-ND 2.0)


15. (Dmitry Marochko/CC BY-NC-SA 2.0)

Bosniya va Gersegovina

16. Bosniya va Gersegovina — Bolqon yarim orolidagi davlatlardan biriridir. Mamlakat o’zining turli xil flora va faunasiga ega o’rmonlari bilan maqtana oladi. (marguerite/CC BY-SA 2.0)


17. Sayyoht davomida pullaringiz o’zingiz bilan qoladi, chunki bu yerda barcha narsa juda ham arzon. (Michael Newman/CC BY-NC-ND 2.0)


18. (The Advocacy Project/CC BY-NC-SA 2.0)

Lyuksemburg

19. Lyuksemburg — qasrlar mamlakati. Mamlakat hududida 100 dan ortiq qarslar, jumladan, Bursheyd, Berg, Mamersk, Uch jeludya va boshqa qasrlar joylashgan. (Dick Sijtsma/CC BY-NC 2.0)


20. Vianden Lyuksemburgning asosiy sayyohlik markazi hisoblanadi. U o’zining Viktor Gyugo muzeyi bilan mashhur. Bundan tashqari siz Ot-Syur milliy xiyoboniga yoki Mondorf-le-Ben kurort shahridagi sog`lomlashtirish markazi kurslariga qatnashingiz ham mumkin. (Lou Schwartz/CC BY-NC-SA 2.0)


21. Christian R. Hamacher (Je suis Charlie)/CC BY-NC-SA 2.0

Latviya

22. Latviya sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng "urf” respublika hisoblangan. Bir paytlar bu yerga kelish ancha urf bo’lgan. ([Jim]/CC BY-NC-SA 2.0)


23. Latviyaning go’zal poytaxti Riga har qanday sayyohni o’ziga jalb etishi mumkin. (Ervins Strauhmanis/CC BY 2.0)


24. (Diliff)

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar