Yuklanmoqda...

O’lim qit’asi


"Yashil qit’a” sifatiga ega Avstraliyaga bu safar boshqacha ta’rif berdik: "O’lim qit’asi”. Qit’ada shunday hududlar borki, har burchagida o’lim xavf solib turadi. Ajal elchilari esa—tabiatning yovuz mavjudotlaridir. Avstraliya har qancha madaniylashgan hisoblanmasin, ibtidoiy olamga xos eng dahshatli o’lim hollari xuddi shu mamlakatda sodir bo’ladi. 

Afrikaga sayohat qilganlarning ayrimi sher-u korkidon tamaddisiga aylangani, Massai jangchisining nayzasiga duchor bo’lgani haqida ko’p eshitgansiz. Umrning o’ta xunuk tarzda zavol topishi, shundaymi? Biroq bu ham hali ko’z ko’rib, quloq eshitmagan yakun degani emas.

Avstraliyaga sayohat qimor o’ynashdek gap. Faqat o’yinga hayotingizni tikishga to’g`ri keladi. Bu yerda Afrikadagi singari yo’lbars yo korkidonga yo’liqmaysiz. Yo’q, bu yerda barchasi boshqacha—boshingiz uzra yirtqich qushlar, oyog`ingiz ostida ulkan ilonlar, do’zax dajjolini eslatadigan qisqichbaqa va o’rgimchaklar (Agar o’zga sayyoraliklar chindan mavjud bo’lsa, Avstraliya o’rgimchagi Dahshat planetasiga mansub kelgindi bo’lsa keragov!)… Akuladan tortib hasharotlargacha o’zi bilan o’lim xatarini olib yuradi. Umuman, Avstraliyadagi har bir jonzot nomi o’lim so’zi bilan ma’nodosh.

Qit’aga borishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, yaxshilab o’ylab olishni maslahat beramiz. Quyidagi rasmlar o’ta haqqoniy, fotoshopdan holi. "Yashil qit’a” haqidagi tasavvurlaringizning tiniqlashishiga yordam beradi.

1. Mahalliy SkyNews telekanalida namoyish qilingan real kadr. Akula havzaning qirg`og`iga suzib keldi. Qirg`oqda esa golf maydoni…

Tasvirga olish guruhi bu yerda tasodifan paydo bo’lib qolmagan: bir kun avval xuddi shu suv mahluqi golf o’yinchisini tishlab olgan edi. 

2. Kim g`alaba qilishini kuzatish qiziq, albatta. Lekin hayot uchun shu qadar tavakkal qilish?..
 

3. Shaharning barcha plyajlarida bir xil tarzdagi ogohlantirishni ko’rasiz. Har qanday qo’rquvni nazar pisand qilmaydigan, hayoti bilan o’ynashishdan tap tortmaydigan cho’miluvchilar uchun yaxshigina eslatma. 

 
4. It akulani ushlab oldi!? Qiziq, to’g`rimi? Va u rasmga tushmoqda. Ehtimol, ko’rib turganimiz uning eng so’nggi surati bo’lgandir?
 
5. Bu suvda suzib borayotgan xoda emas. Haqiqiy timsoh. U qirg`oq bo’yida xotirjam suzib yuribdi. Bolalar cho’milayotgan shahar plyajida ushbu jonivor paydo bo’lib qolsa nima bo’lardi? O’ylashni ham xohlamaydi kishi.

 
6. Afsus, bu timsoh u qadar omadli emas ekan. Ilonning o’ljasiga aylandi! Timsoh(!)ni ilon yeb qo’ydi-ya! Avstaraliyaga borishni xohlaganlar yana bir o’ylab ko’rsa bo’lardi.
 
7. Ha, Avstraliyada buqalar mashinaga hujum qilib qolishi mumkin. Qochishga ulgurmaysiz, buqalar fursatni boy bermaslikni yaxshi biladi.
 
8. Hello, kazuar! 

Ma’lumot uchun: kazuar (tuyaqush turi)—yaramas va qonxo’r qush. U jig`iga tekkanlarni aslo kechirmaydi. Yugurish bobida gepardni ortda qoldiradi! Kazuar panjasining zarbasi har qanday tirik insonni chavaqlab tashlashga qodir. 
Unutmang, nazariya shafqatsiz tajribaning mahsuli.

9. Bu uyum orasida granit bo’laklari bor—uch o’rgimchak tuxumi va ikki meduza. Diqqatni sinash uchun test—kim topolmasa, qo’lidan judo bo’ladi. 

 
10. Kim kimni paqqos tushirmoqda? Yoki bu turlar orasidagi urchishmikan?..



11. Qiyin tanlov — yo hasharotni o’zingiz bilan olib ketasiz yoki oyog`ingizdan voz kechasiz? 

 
12. Suratning dastlabki manbasida ta’kidlanishicha, bu timsoh "Satana” deb ataladi. Nega aynan "Satana”? Noma’lum.

 
13. Nima bo’layotgani mutlaqo tushunarsiz yana bir kadr. Kim kimni tutdi, kim kimni yeydi endi?
Undan-da tushunarsizi, nega bizning suratkashimiz shu vaqtgacha qochib ketmadi: bu yerdan, bu mamlakatdan, bu qit’adan?..

 
14. Yelkanlarni ko’tarmoq yo bu shayton ovulida qoldirmoq kerak. "Bolalar, va nihoyat, bugun yerga yetamiz. Eshkaklarimizni yeb tugatishmasa, albatta” 
 
15. Surat muallifining blogidagi yozuvdan: "Ikki soat. Kechki ovqatni tamaddi qilish uchun menga ikki soat kerak bo’lgan bo’lsa, bu hasharotlarga mashinamni ishg`ol qilish uchun shu ikki soat yetarli bo’ldi. Va ikki soat uyga piyoda qaytishga majbur qildi”. Agar siz allaqachon Avstraliyada bo’lsangiz, mashina qo’yish uchun xavfsizroq park tanlang. Shubhasiz, bu sizga yordam beradi.

 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar