Yuklanmoqda...

Sayyoradagi eng sovuq muz o’lkalar


1983-yilgacha -89,2°C sovuq haroratga ega "Vostok” stansiyasi Yer yuzidagi eng sovuq joy hisoblanardi. Ammo tadqiqotchilar tomonidan Sharqiy Antarktida muzliklari ustidagi yoriqlar o’rganilish paytida bu fikr noto’g`ri ekanligi isbotlandi.

Tadqiqotchilar guruhi bu yerda rekord darajadagi sovuq haroratni qayd etishdi. Argus gumbazi va Fuji gumbazi oralig`ida joylashgan muz tizimida havoning ko’rsatgichi -92, -94°C ga yetganini ko’rsatdi. Sayyoramizdagi o’ta qattiq sovuq hududlar maxsus o’ntalikka kiritilgan. Biz bugun ana shu ayoz humron joylar haqida hikoya qilmoqchimiz. Ishoning, bu yerlarda oddiy termometrlarning ko’rsatgichi ojizlik qiladi.

Rojer-Pass, AQSh

Dengiz sathidan 1710 metr balandlikda joylashgan bu hudud AQShning Montana shtatida joylashgan. Alyaskani hisobga olmaganda Rojer-Pass AQSh hududidagi eng sovuq joy hisoblanadi. 1954-yilning yanvarida bu yerdagi havo harorati −57°C ni ko’rsatgan.

Fort-Selkerk, Kanada

Bu aholi yashash manzili 1848-yilda Gudzonov kompaniyasining savdo ishlarini yuritish maqsadida qurilgan. XX asrning so’ngiga qadar bu yerda aholi istiqomat qilgan. Noqulay ob-havo sharoiti bois bu joyni oxirgi odam 1950 yilda tark etdi. O’shanda havo harorati -58.9°C ni ko’rsatgan edi.

Krik shoh ko’chasi, Alyaska, AQSh

Bu joy Trans-Alyaska qurilish ishlari olib borilayotgan bir mahalda tashkil etilgan. Qurilish ishlaridan so’ng, bu yerga aholi ko’chib keldi. 1971-yilda hududda dahshatli ayoz harorati kuzatildi — -62 °C.

Sneg, Kanada

Birver-Krikdan 25 km. janubda joylashgan ushbu qishloqchada qish ancha qahrli keladi. Bu yerda eng qahraton qish yanvar oyida bo’ladi. Bu oyda havo harorati - 63°S ga tushib ketadi.

Aysmitte, Grenlandiya 

Hudud to’rt tomonidan muzlar bilan o’ralgan. Eng "qirchillagan” qishda bu yerda havo harorati -64.9 °C da bo’ladi.

Nortays, Grenlandiya

Britaniyaning Grenlandiya sobiq qutb tadqiqotlari stansiyasi. Dengiz sathidan 2345 m balandlikda joylashgan. 1954-yilda bu yerda Shimoliy Amerikadagi eng past havo harorati aniqlangan — 66.1 °C.

Verxoyansk, Rossiya

Qishin yozin havo haroratining o’ynab turishiga qaramay Verxoyanskda 1173 nafar aholi doimiy istiqomat qiladi. Bu hudud shimoliy yarim sharning eng sovuq mintaqasi hisoblanadi. Bu yerdagi eng past havo harorati −69,8°C bo’ladi.

Oymyakon, Rossiya

Ushbu hudud insonlar doimiy yashaydigan maskanlar ichida eng sovug`i hisoblanadi. Bu yerdagi aholi soni 462 nafar kishini tashkil etadi. Yanvar oyidagi o’rtacha harorat −46,4°C ni tashkil etadi. 1924-yilda geolog S.V.Obruchev ekspedetsiyasi bu yerda eng past havo haroratini kuzatgan −71,2 °C.

Plato, Sharqiy Antarktida

AQShning "Plato” ilmiy stansiyasi o’z faoliyatini 1969-yilda tugutgan. Stansiyadagi eng past harorat miqdori -73,2°C ni tashkil etgan.

"Vostok”, Antarktida 

Hududdda Rossiya ilmiy tadqiqot markazi qiyin sharoitlarda faoliyat olib boradi. Bu yerda 120 kun davomida qutb kechasi bo’ladi, o’rta tezlikdagi shamol tezligi sekundiga 5 metrga yetadi. Faqatgina yilda ikki oygina havo harorati o’rtacha -40°C bo’ladi. Bu yerda Yer sayyorasi bo’yicha XX asrda kuzatilgan eng past havo harorati sodir bo’lgan. O’shanda maxsus termometrlar −89,2°C ni ko’rsatgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar