Yuklanmoqda...

Markaziy Osiyoda mustaqillik yillarida barpo etilgan 10 ta zamonaviy inshoot


Ashxoboddagi antiqa ko'rinishdagi aeroportdan Dushanbedagi bayroq ustunigacha. The Guardian Markaziy Osiyoda mustaqillik yillarida barpo etilgan 10ta zamonaviy inshootni saraladi.

1. Ashxobod xalqaro aeroporti
2016-yil foydalanishga topshirilgan umumiy qiymati 2,3 milliard dollarga teng Ashxobod xalqaro aeroporti misoli uchib ketishga tayyor lochin ko'rinishidek barpo etilgan. Aeroport bir soatda 1600 nafar yo'lovchi xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega.

2. Baxt uyi

Turkman yulduzi tasvirlangan mazkur Baxt uyi Ashxobod shahrida qurib bitkazilgan. Bino 11 qavatdan iborat bo'lib, unda nikoh marosimlarini o'tkazishga mo'ljallangan.

3. Choyxona

Ulkan qovun shaklidagi antiqa choyxona Tojikistonning Hisor shahrida joylashgan. Uning balandligi 43 metr bo'lib, bir vaqtning o'zida 2000 nafar mijozga xizmat ko'rsata oladi.

4. Bayroq ustuni

Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan qad rostlagan ulkan bayroq ustuni bir necha yillar davomida dunyodagi eng baland bayroq ustuni sifatida e`tirof etilgandi. Uning qurilishiga naq 3,5 million dollar sarflangan.

5. Betaraflik monumenti

«Uchburchak» nomi bilan mashhur mazkur inshoot 1998 yil Turkmaniston prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan barpo etilgan. «Betaraflik» monumenti aslida Turkmanistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o'rni va maqomini ramziy ma`noda ifodalab beradi.

6. Prezident Berdimuhammedov yodgorligi

Antiqa ko'rinishga ega yodgorlik amaldagi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov nomi bilan ataladi. 20 metr balandlikda tasvirlangan ot ustidagi chavandoz bronzadan tayyorlangan bo'lib, uning sirtiga 24 karatli oltin suvi yuritilgan.

7. Bo'yterak minorasi

Ostona shahrida qad rostlagan Qozog'iston milliy yodgorlik inshooti qadimiy afsonada ifodalangan ko'rinish bo'yicha qurilgan. Unda aytilishicha, baxt qushi - Samruk hayot daraxtiga in quradi. Bino balandligi 105 metrni tashkil etadi.

8. Xon Chodir ko'ngilochar savdo markazi

"Xon-Chodir” – dunyodagi eng katta chodir bo`lib, Qozog`istonning Ostona shahrida barpo qilingan. Unda katta savdo markazi joylashgan bo'lib, uning balandligi 150 metrdan oshadi, egallab turgani maydoni esa 10000 m.kv hisoblanadi.

9. Markaziy konsert zali

Arxitekturasi italiyalik Manfredi va Luka Nikoletti tomonidan ishlangan Qozog'istondagi Markaziy konsert zali 2009 yil foydalanishga topshirildi. Asosiy zal 3,500 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi, shuningdek ikkita kichik musiqa zallari, restoran va barlar bor.

10. Yulduz mehmonxonasi

Besh yulduzli mehmonxona turkumiga kiruvchi Ashxoboddagi «Yulduz» binosi Turkmanistondagi eng baland inshoot hisoblanadi.
Manba: kun.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar