Yuklanmoqda...

Sarguzashttalablar uchun eng kerakli maskanlar


Sayohat qilishingizga to’g`ri kelsayu, biroq o’sha dengiz sohillari yoki tog` yonbag`irlari joningizga tekkan bo’lsa, unda faol sayohat qilish yo’lini izlashga to’g`ri keladi. Ochiq turdagi sayyohlik yo’nalishi bilan muzliklarni yoki jilovlab bo’lmas tabiat qo’ynidagi barcha g`aroyibotlarni o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz mumkin. Bular haqida hech kim gapirmagan yoki hech qayerda yozilmagan. Bu maskanlar haqida dunyo kezib yuruvchi sayohatchilardangina eshitishingiz mumkin.


 
Mart oyining birinchi shanbasida Alyaskada "Iditarod” deb nom olgan itlar poygasi bo’lib o’tadi. Musobaqada 16 ta it qatnashadi. Itlar va ularni boshqaruvchi kishi 8 kundan 15 kunga cho’ziladigan 1868 km. li masofani bosib o’tishlariga to’g`ri keladi. 
 


Bu musobaqalarni oxirigacha tomosha qilish uchun eng kamida bir yillik ta’til va bir juft mustahkam oyoq kiymga ega bo’lishingiz kerak. Kontinental, Appalachi Tinch okeani yo’nalishlari AQShdagi eng uzun piyoda kezib chiqadigan sayohat yo’nalishi hisoblanadi. Yo’l davomida tabiatning takrorlanmas go’zalligiga, qandoq bo’lsa shundayligicha turgan manzarasiga guvoh bo’lish mumkin.
 
 
Maui oroli serfingchilar, vindserferchilar va kaytserferchilar uchun kerakli maskandir. Doimiy esib turuvchi shamol va ayniqsa, dekabrdan martgacha Tinch okeanida paydo bo’luvchi "Jag`lar” deb nomlangan baland to’lqinlar oqimi jo’shqinlikni sevuvchi kishilar uchun ayni muddao bo’ladi. Chunki to’lqinlar 18 metr balandlikda, soatiga 50 km. tezlikda harakatlanadi.
 


Mayami va Jeksonvilla oralig`ida joylashgan Jon Fitsjerald Kennedining fazoviy markazi cho’ntagida ortiqcha 5000 dollari borlarni o’z bag`riga chorlab qoladi. Markazda Yerni tark etmasdan koinot cheksizliklaridan, fazoga ko’tarilish hissiyotlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin. Parvoz maxsus tayyorlangan Boing-727-200 da amalga oshiriladi. "Temir qanot” 10 km. balanlikkacha ko’tariladi va parabola yo’nalish olib, pastga sho’ng`iydi. Ana shunda uning ichidagi sayyohlar 25 soniya davomida havoda muallaq turish imkoniyatini qo’lga kiritishadi. 
 
 
Yer yuzidagi eng ulkan tog` qiyaliklaridan biri hisoblanmish El-Kapitan dunyoning turli burchagidagi har xil malakaga ega alpinistlarning eng sevimli maskani hisoblanadi. Birinchi manzil 910 metr balandlikda joylashgan Yosemiti maskanidir. Unga yetish uchun kamida 2-3 kun vaqt ketadi. Qiyaliklarda sakrash rasmiy taqiqlangan bo’lsada qoyalardan qoyalarga sakrash soniyalar ichida amalga oshiriladi. shuni alohida aytib o’tish kerakki, beysjamping asoschisi Karl Benish sakragan nuqtadan shu paytgacha birorta beyser sakray olmagan.
 


Yuta shtati janubidagi Zayon xiyobonida, Brays kanonida, Grand-Sterkeys-Eskalante milliy xiyobonidagi arkalarda sayyohlarning gavjum to’dasiga duch kelmaysiz. Shu bois bu maskanlarda sukunat va ibtidoiy tabiatdan bahramand bo’lasiz. Bu yerlarda 1,7 mln. akr maydonda yastanib yotgan bahaybat toshlarni uchratish mumkin. Bundan tashqari bu joylarda Mezozoy davriga oid suv osti jinslari yoki dinozavrlar va boshqa hayvon qoldiqlarini ko’rish mumkin. Shu bois bo’lsa kerak ularning surati ko’plab sayyohlarning fotoalbomlarini bezab keladi.
 


Ko’pchilik sayyohlar iyulning boshidan to sentyabr oyi so’ngiga qadar vaqtlarini Yellouston milliy xiyobonida o’tkazishni istashadi. Bu paytga kelib kunlik havo harorati 25 °C ga chiqadi. Solt-Leyk-Siti va Bozmendan xiyobonga qadar avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Qishda bu yerga kelish uncha qulay bo’lmasada, har holda kishini afsuslantirmaydi. Aynan shu davrda bu yerlarning nazoratini kulrang bo’rilar o’z qo’llariga olishadi. 
 
 
Amerikadagi yana bir mashhur tabiat maskanlaridan biri Uayt-Mauntins tog`idagi Vashington qiyaligi hisoblanadi. Bu yerga maxsus funikulerlar yordamida borish mumkin. Ammo yengillikni yoqtirmaydigan, sarguzashttalab ayrim sayyohlar qiyalikka shoshmasdan, tabiat manzaralarini tomosha qilgan holda piyoda chiqib borishadi. Bosh aylanishini hisobga olmaganda, bu joylar "rohatijon” hisoblanadi. Shamol soatiga 327 km tezlikda esadi, qor bo’ronlarini esa yilning istalgan mavsumida uchratish mumkin.
 


Sent-Luisdan 56 km janubda joylashgan Kristal-Siti keyvengda tezlikni sinab ko’rish uchun qulay joy hisoblanadi. Odatda bu yerga fevral oyida kelishadi. Xavfli vaziyatlarni sevuvchilar eski qum koniga tushishadi va 6,4 km.ga yugurishadi. Konda yoritish moslamalri yo’q, shu bois yuguruvchilarning yonida ishonchli va yaxshi ishlaydigan fonarlar bo’lishi shart.
 
 
Qish mavsumida lamantinlar o’zlariga mos keluvchi havo haroratini izlab, Florida sohillariga ko’chib o’tishadi. Ular oktyabrdan to martga qadar o’zlarining sevimli maskanlari Kristal-River daryosi suvlarida qishlashadi. Bu yer nafaqat lamantinlarni uchratadigan hatto ular bilan birga cho’milish ham mumkin bo’lgan yagona joy hisoblanadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar