Yuklanmoqda...

Sayyoramizdagi eng vahimali joylar


Qo’rqinchli filmlarda bizga tasavvur mahsuli bo’lgan maskanlar va maxluqlarni namoyish etib, vahimaga solishga urinishadi. Ammo sayyoramizda shunday maskanlar borki, ular Gollivuddagi mutaxassislarni ham hayratga solgan bo’lardi.
 
Ulkan Moviy tuynuk
Beliz

Bu antiqa o’ramaning diametri 305, chuqurligi 120 metrga teng. Bir paytlar dengiz sathidan balandda bo’lgan g`orlar suv ostida qolganidan so’ng mana shunday qo’rqinchli manzara kasb etgan.

Qo’g`irchoqlar oroli
Meksika

Isla de las Munecas telba dizaynerning tasavvur mahsuliga o’xshaydi. Butun orol bo’ylab qo’g`irchoqlar parchalari sochilib yotadi, ayrim qo’g`irchoqlar esa daraxtga osib qo’yilgan.

Belits-Xaylshtetten
Germaniya

Tashlandiq harbiy gospital haqiqatan ham kishida vahima uyg`otadi. Bu yerda Ikkinchi jahon urushi paytida gazdan zaharlangan askarlarni davolashga urinishgan.

Hudkushlar o’rmoni
Yaponiya

Bir qarashda Fudzi tog`i etagida joylashgan sokin bu o’rmon dahshatli sirni yashirib keladi: o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lganlar aynan shu yerga kelishadi. Birgina 2010 yilda bu joyda 340 nafar inson vafot etgan, ya’ni deyarli har kuni bittadan inson o’z joniga qasd qilgan.  

Ilonlar oroli
Braziliya

Bu dahshatli joy bilan San-Paulu orasidagi masofa ikki yuz kilometrni tashkil etadi: Queimada Grande orolida dunyoda eng ko’p ilon yashaydi.

Pripyat
Ukraina

Chernobil halokati insoniyat xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Yaqindan buyon sayohatlar uyushtirila boshlangan Pripyat qo’rqinchli filmlardagi shaharlardan aslo qolishmaydi.

Idjen vulqoni
Indoneziya

Harakatdagi bu vulqon oltingugurt aralashgan dahshatli gazlari bilan mashhur. Fuloressent lavasining jilosi har qanday kishini qo’rqitadi.

Sentraliya
AQSh

Bu esa afsonaviy Saylent-Xill uchun asos bo’lgan shaharcha. Yer ostida yonib turadigan ko’mir shaxtalari shaharchaning huvillab qolishiga sabab bo’lgan.

Kaputsinlar katakombasi
Italiya

Sitsiliyadagi Catacombe dei Cappucini katakombasi judayam qo’rqinchli ko’rinishda. Bu qabristonda bir necha ming ruhoniyning mumiyolangan jasadlari saqlanadi.

Villa Xo Par 
Singapur

Bu tematik park quvnoq Disneylendning aksi hisoblanadi. Butun tevarak-atrofda tashrif buyuruvchilarning ko’ngliga g`ulg`ula soladigan haykallar joylashgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar