Uchuvchi soyabonlar alleyasi


 Toshkentning Sodiq Azimov ko’chasida (S-1) joylashgan Froozy kafesi oldidagi kutilmagan manzara u yerga tashrif buyuruvchi xo’randalar hamda yo’lovchilarning e’tiborini tortmoqda. «Uchuvchi soyabonlar alleyasi» deb nom olgan installyatsiya Toshkent manzarasiga yanada o’zgacha chiroy va g`ayrioddiylik bag`ishladi. Bu rang-barang installyatsiya jazirama yozgi mavsum uchun mo’ljallangan bo’lib, endi bu yerda surat ishqibozlari ajoyib, yorqin fotosuratlar olishlari mumkin. Shuningdek, quyosh taftidan charchagan kishilar Froozy - milk bar & lemonade kafesiga kirib, yoqimli va mazali muzqaymoq, ichimliklardan bahramand bo’lishlari mumkin.
 Alleyani yaratishda ellikdan ortiq turli rangdagi soyabonlardan foydalanilgan. Ular avgust oyi o’rtalariga qadar turishi ko’zda tutilgan.
Ma’lumot uchun ta’kidlash kerakki, ilk bor ushbu installyatsiya g`oyasi  Portugaliyaning Ageda shahrida paydo bo’lgan va bugungi kunga kelib dunyoning ko’plab shaharlarida bezak sifatida qo’llaniladi. Toshkent ham shunday shaharlar qatoridan o’rin oldi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив