Yuklanmoqda...

Aql bovar qilmas go’zallik: Singapurdagi orxideyalar bog`i


 
Singapurdagi milliy botanika bog`ida alohida bo’lim — orxideyalar bog`i joylashgan. Faqat mana shu yerda orxideyalarning 1000dan ortiq turini va 2000ga yaqin gibridlarini uchratishingiz mumkin.
 

Bu bo’lim Singapur botanika bog`ining eng yuqori qismida joylashgan bo’lib, maydoni 3 gektardan ortiq.

Orxideyalar bog`ining boshqa ana shunday maskanlardan farqi uning landshaft dizaynidir: hudud ranglar yordamida qismlarga bo’lingan. Bog`da to’rt faslni anglatuvchi qismlar mavjud:

"Bahor” 

Bu qism yorqin rangda gullovchi orxideyalardan tashkil topgan.

"Yoz”

 
Bu yerda qizil va pushti rangdagi orxideyalarni uchratasiz.

"Kuz”
 
 
Jigarrang va mallarang orxideyalar bo’limi.

"Qish” 
 

Bu hududda siyohrang va oq rangda gullovchi orxideyalar joylashgan.
 
 

Orxideyalar bog`i 1995 yilning 20 oktyabrida ochilgan. O’quvchilarning mart, iyun, sentyabr va noyabr oylaridagi maktab ta’tillarining dastlabki haftalarida ular boqqa bepul kirishlari mumkin. Boshqalar esa 5 singapur dollari to’lab kirishadi.
 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar