Yuklanmoqda...

Maktabga olib boruvchi eng xavfli 10 yo’l


"Ilm - aql chirog`i” deyishadi, biroq buni hamma ham tushunavermaydi. Rivojlangan mamlakatlarda yashovchi maktab o’quvchilarining yarmi darslarni qoldirishadi. Ularni yangi ayfon relizi va kompyuter o’yinchoqlarini yangilashdan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Ularchalik omadi kelmasa-da, o’qishga ishtiyoqi kuchli bolalarning ba’zilari har kuni shu qadar murakkab va xavfli yo’llarni kesib o’tishadiki, ularni Ironman musobaqasi ishtirokchilariga qiyoslash mumkin. Bilimga tashnalik - quruq so’z emas. Siz real misollar orqali bolalarning o’qishga bo’lgan istagini baholashingiz mumkin. Idoradagi "kulergacha yurib borish" emas, aynan shu bolalarning har kuni to’siqlarni mardonavor yengib o’tishi -  maqsad sari intilish deyiladi.

Megxalaya, Hindiston

Hindistonning Megxalaya shtatida tahsil oluvchi bolalar maktabgacha yetib kelish uchun tropik o’rmon va daraxt shoxlari hamda toshlardan yasalgan ko’prikdan o’tishga majbur. Bilim olishga bo’lgan ishtiyoq bolalarga maktabgacha eson-omon yetib olishga yordam beradi.

Gulu, Xitoy

Xitoyda Gulu qishlog`ida bolalar maktabga kengligi 60 santimetrgina bo’lgan tosh yo’lakdan borishadi. Yuqorida osma qoyalar, pastda esa jarlik. Shunday bo’lsa-da, bolalar har kuni ertalab qo’ng`iroqqacha yetib kelishadi. Agar farzandingiz maktabga borgisi kelmay, yomg`ir yoki qorni bahona qilsa, unga shu suratni ko’rsating.

Zanskar, Hindiston Himolayi

Zanskar qirolligida yashovchi bolalar 30 darajali sovuqda maktabga ketishmoqda. Bilim o’chog`iga olib boradigan yo’l chuqur daryo orqali o’tadi. Ba’zan daryodagi muz shu qadar yupqa bo’ladiki, u hatto 10 kilogramm vaznli boladan ham yorilishi mumkin. O’quvchilar har kuni ertalab maktabga borish uchun 2,5 soat sarflashadi, qaytishda yana shuncha vaqt. Ular maktabda tunashiga to’g`ri kelgan kunlar ham bo’ladi, chunki daryo qirg`oqlariga qalin tuman tushadi va yo’llardagi xavf yanada oshadi.

Lebak, Indoneziya

Lebak okrugida ta’lim oluvchi maktab o’quvchilari har tongda daryo orqali o’tgan osma ko’prikdan o’tishadi. Bu ko’prik deyarli 150 yil ilgari qurilgan, u bir necha marta qayta ta’mirlangan, biroq yillar o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Unda harakatlanish tobora qiyinlashib bormoqda. Yaqinda po’lat ishlab chiqaruvchisi bo’lgan PT Krakatau Steel bolalar uchun ko’prik qurish istagi haqida ma’lum qildi. Hozirda mazkur loyiha amalga oshirilmoqda.

Nyu-Dehli, Hindiston

Nyu-Dehlidagi tumanlaridan birida yashovchi bolalarni maktabga olib boruvchi avtobus yo’q. Ular maktabgacha eshak aravada borishga majburlar. Yo’l ba’zan juda cho’zilib ketadi, chunki eshak har doim ham 100-500 bolani tashigisi kelmaydi.

Shjen Chuan, Xitoy

Shjen Chuandagi xitoylik o’quvchilar har kuni ertalab jarlikdan ko’tarilishadi. Bu yerda maxsus narvonlar bor. Bunday kaskadyorlik tryuklaridan foydalanmasa ham bo’ladi, biroq maktabga olib boruvchi boshqa yo’l 4 soatni band etadi.

Kolumbiya

Kolumbiyadagi qishloqlardan birida yashovchi bolalar maktabga borish uchun "tarzanka”dan o’tishlariga to’g`ri keladi. Ularningi qonidagi adrenalin darajasini tasavvur qilib ko’ring. Agar "tarzanka”ga biror nima bo’lsa, u holda bola daryoga yiqilib, halok bo’ladi.

Kilangkap, Indoneziya

Indoneziyaning Kilangkap okrugidagi o’quvchilar maktabga yetib olish uchun daryoni ingichka sollarda kesib o’tishadi. Aslida bu yerda daryo orqali o’tuvchi ko’prik bo’lgan, biroq 2013-yildagi suv toshqini uni yo’q qilgan. Yangi ko’prik loyihasi tayyor, lekin uni qurishga hech kim shoshilayotgani yo’q. Shunday bo’lishiga qaramay, o’quvchilar maktabga qatnashni kanda qilishmaydi, chunki bu yerda maktabni tugatgan odam bilimli inson hisoblanadi. Universitetga kiruvchilar esa - milliy qahramon.

Paylay, Xitoy

Xitoyning Paylay shaharchasidagi maktab-internatga borish uchun 2 kun davomida atrofdagi qishloqlardan o’tishga to’g`ri keladi – bu 128 kilometr deganidir, ulardan 650 metrini qoyalar tashkil qiladi. Bundan tashqari 4 ta ko’prikni ham kesib o’tish kerak.

Sumatra, Indoneziya

Sumatralik maktab o’quvchilari har kuni daryodan 4 metrlik kanat yo’ldan o’tishga majburlar. Chin ma’noda dadil bu bolalar 10 daqiqada professional akrobatlarning hammasi ham uddasidan chiqa olmaydigan murakkab to’siqni yengib o’tishadi. Kimdir tushib ketsa, sharsharada omon qolmasligi muqarrar.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar