Yuklanmoqda...

Bir kunda ikki bor suvga g`arq bo’ladigan yo’l

Passaj dyu Gua (Passage du Gois) — Burnyof ko’rfazi ostidan o’tgan yo’l bo’lib, u Fransiyaning qit’a bilan bog`liq qismini Nuarmute oroli bilan bog`laydi. Yo’l suv ortga qaytgan paytda 24 soat davomida ikki marta bir necha soatga avtomobillar harakati uchun ochiq bo’ladi. Qolgan vaqtda esa suv 4 metr yuqoriga ko’tarilib,  butunlay suv ostida qoladi.

1. Qit’a va orol o’rtasidan tabiiy o’tish yo’li haqida xaritalarda birinchi marta 1701 yilda ko’rsatilgan. 1840-yilda bu yo’ldan ot-aravalar o’ta olishi uchun yirik toshlardan  yo’l qurilgan edi. 

2. Hozirgi kunda yo’lning uzunligi 4,5 kilometrdan iborat. Yo’l uzunligi unchalik katta bo’lmasada, undan yurish xavf-xatardan holi emas.
 
3. Yo’lning har ikki tarafida suv ko’tarilish vaqti bo’yicha katta belgilar bo’lishiga qaramasdan, yiliga ko’pgina odamlar suvning shiddat bilan oqishi tufayli "tuzoqqa” tushishadi.
 
4. Bunaqangi omadlar uchun qutqaruv minoralari qurilgan bo’lib, ular minorada suv qaytishini kutib turishlari mumkin, ammo, ming afsuski mashinani saqlab qolishning ilojisi yo’q.
 
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar