Yuklanmoqda...

Sayyoramizda nishonlanadigan eng g`aroyib 6 bayram


Dunyodagi eng ajoyib bayramlarni bilasizmi?

Dunyoda ko’plab shodiyonalar, turli bayramlarni nishonlash an’anasi bor. Ularda ishtirok etish sizga olam-olam zavq-shavq va a’lo kayfiyat bag`ishlaydi. Bir-biridan shirin taomlar mazasi, turli iforlar va albatta, turfa ranglar. Bularning barini biror xalqning betakror madaniyatini aks ettiruvchi milliy bayramlarda uchratishingiz mumkin.
 
Sayohat qilishni yoqtirsangiz, iloji boricha o’z safarlaringizda shunday tantanalarda ishtirok etishga harakat qiling. Quyida ulardan oltitasini hukmingizga havola etamiz.
1. San-fermin festivali
Pamplona, Ispaniya 

 
San-fermin deb nomlanuvchi buqalar yugurishi festivali sizga bir necha yilga yetadigan ishtiyoqni, quvvatni to’plab olishga yetadi. Olti kunlik shodiyona paytida tuni bilan o’yin-kulgu qilish, ovqat yeyish mumkin. Ammo buqa ustiga chiqib, o’n daqiqa atrofida o’zini tutib turgan mard erkaklar bayramning asosiy qahramonlari bo’ladi. Hayot uchun xavfli sarguzasht izlayotganlar, har yilning iyul oyi ikkinchi haftasida Ispaniyaning Pamplona shahriga tashrif buyurishlari mumkin. 





 
2. La tomatina
Bunol, Ispaniya 
Suratlarda qonli jang manzaralarini ko’rayotgandeksiz. Lekin bu shunchaki pomidor bilan qurollangan odamlar olishuvi. Ispaniyaning Bunol shahrida avgust oyining oxirgi chorshanbasida ushbu bayram nishonlanadi. O’rta hisobda 40 ming nafar odamlar bir soat davomida ushbu festivalda qatnashadi. Keyin esa kechgacha navbat bazm-u ziyofatlarga. Bu g`aroyib voqea oziq-ovqat mahsulotlari bilan urushish bo’yicha eng katta bayram hisoblanadi. 
Pomidorni xush ko’radiganlar va shunchaki turfa madaniyatlarga qiziqish bilan qaraydiganlar uchun bu katta imkoniyat. Samimiyatining cheki yo’q mahalliy aholi, ajoyib insonlar bilan uchrashishni istasangiz, ushbu bayramga keling.

 
 
3. Xoli
Nyu-Dehli, Hindiston
 
Agar La tomatino festivali g`oyasi sizga yoqqan bo’lsa, demak, Xoli ham sizga ma’qul bo’lishi tayin. Xalq orasida muhabbat festivali deb yuritiluvchi Xoli bayrami ezgulikning yovuzlik ustidan g`alaba qozonishini aks ettiradi. Festival ishtirokchilari xilma-xil ranglardagi kukunlar bilan qurollanib olib, bir-birlariga hujumga o’tadi. Mart oyining oltinchi sanasida bo’ladigan ushbu bayram sizga sharqning o’ziga xos madaniyati, hind xalqi an’analari bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.
 

  
4. Up Helly AA 
Leruik, Shotlandiya

Vaqt mashinasi haligacha ixtiro qilingani yo’q, ammo tarixga qaytish imkoni bor. Shotlandiyaning Shetland orollarida 27 avgust kuni nishonlanadigan Up Helly AA festivalida qatnashib, siz qadim zamonga tushib qolishingiz mumkin.

 


 
5. Oktoberfest
Myunxen, Germaniya

 
Hosil bayrami Germaniyada qanday nishonlanadi? Myunxenda 19 sentyabrdan boshlab, 4-oktyabrga qadar davom etadigan festival shodiyonalari aynan terim munosabatlari bilan o’tkaziladi. Ushbu festivalda nemischa raqslar, Bavariya oshxonasining eng tansiq taomlaridan baxramand bo’lasiz.
 
 

6. Jahon chempionati
2018-yil Rossiyada
 
Futbol ishqibozlariga to’la ko’chalar, baqir-chaqirlar-u do’kon va ovqatlanish maskanlarida kun davomida futbol ko’rsatuvlari namoyish etiladigan televizorlar! Buni shodiyona deb atamaslikning iloji yo’q. Qo’llab-quvvatlayotgan jamoalari bir bo’lmasada, qiziqishlari bir bo’lgan minglab odamlar to’planadigan joy jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan mamlakat bo’ladi. Har to’rt yilda bir bo’ladigan mundial kelasi safar 2018-yilda Rossiyada o’tkaziladi.
 
 

 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar