Yuklanmoqda...

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari


Dam olish uchun odamlardan ancha yiroqda bo’lgan, noodatiy yerlarga borish ayni muddao. Biroq bunday joylarni qayerdan topish mumkin? E’tiboringizga yer sharining eng olis chekkalarida joylashgan dam olish maskanlarini havola etamiz. Ishonavering, bunday sayohat uchun har qancha sarflansa oz. 
 
Saffire Freycinet, Tasmaniya, Avstraliya
Kundalik tashvishlardan qochayotgan mahal to’g`ri yo’nalishni tanlash lozim. Dunyodagi eng go’zal plyajlardan birida joylashgan Saffire Freycinet mehmonxonasi chindan ham oqilona qaror bo’la oladi. 
 
Three Camel Lodge, Mo’g`uliston

Agarda siz odatiy hayotdan chindan ham charchagan bo’lsangiz, u holda bu maskan aynan siz uchun muntazir. Ulan-Bator reysi, keyin Dalanzadgad shahriga parvoz va yana 90 daqiqa sahroning qoq markazida joylashgan Camel Lodge binosiga qadar yo’l... Siz bu yerda chinakam ko’chmanchi hayotni boshdan kechirasiz: xonalar eski o’tovlardan tashkil topgan.
 
Explora, Patagoniya, Chili

Bu yerda siz yolg`iz o’zingiz bilan qolasiz: xodimlar ishga o’zgacha yondoshadi va deyarli ko’zga ko’rinmaydi. Tabiat bilan uyg`un holdagi taassurot, o’rmon bo’ylab sayohat — ha, chinakam orzular ro’yobi.
 
Jade Screen Hotel, Xuanshan, Xitoy

Yuypin tog`ining cho’qqisida joylashgan mehmonxona o’z mijozlariga misli ko’rinmagan erkinlik va mustaqil hayot tarzini taqdim qiladi. Biroq bu maskanga yetib olish oson emas: qoyalar va bulutlar orasidan olib o’tuvchi uzun yo’ldan 60 000 qadam tashlab, ajoyib Jade Screen Hotel mehmonxonasiga yetib olish mumkin.
 
Amankora, Butan qirolligi

Himolay tog` yonbag`rida joylashgan Amankora mehmonxonasi dunyoning eng tanho yerlaridan biri sanaladi. Butun majmua qirollik bo’ylab yoyilgan va bir-biridan uzoq yerda joylashgan beshta uychalardan iborat.
 
Manta Resort, Pemba, Tanzaniya

Akvariumda uxlashni istaganlar suv tagida joylashgan mazkur mehmonxonaga tashrif buyurishi mumkin. Kichik marjonlar oroli Pemba Hind okeanida joylashgan Zanzibar arxipelagining bir qismi sanaladi. Bu yerda mehmonlar o’ziga xos xonalar, tropik spa-muolajalari va hattoki, xususiy villalarni ham topishi mumkin. Albatta, bularning bari suv ostida uxlashga yetmaydi.
 
Laucala, Fiji

Dam olish maskanidagi 25 villaning har biri o’z basseyniga ega. Bu yerga kelish uchun hamyoningiz to’la bo’lishi zarur — masalan, odamlardan yiroqda bo’lgan bu mehmonxonada qolishni taniqli va badavlat teleboshlovchi Opra Uinfri juda yaxshi ko’radi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar