Yuklanmoqda...

Eng boy va baxtli mamlakatlar


Londondagi "Legatum Institute” ilmiy-tadqiqot markazi jahonning farovon mamlakatlari reytingini (Prosperity Index) e’lon qildi.

Mamlakat farovonligini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biri uning moliyaviy farovonligidir, lekin "Legatum Institute” reytingni tuzayotganida ko’plab omillarni hisobga oladi.

Ko’rsatkichni рisoblash uchun 89 dan ortiq omildan foydalaniladi, ular orasida YaIMning aholi jon boshiga to’g`ri kelish darajasi, to’liq bandlik sharoitida ishlovchilar sonidan tortib mamlakatdagi xavfsiz internet-serverlar soni va fuqarolarning o’zini qanchalik baxtli his qilishlarigacha mavjud.

Bu omillarning bari sakkizta guruhga: iqtisodiyot, tadbirkorlik faoliyati darajasi va imkoniyatlari, boshqaruv, ta’lim, sog`liqni saqlash, xavfsizlik, shaxsiy erkinlik va ijtimoiy kapitalga bo’linadi.

Mazkur reytingning dastlabki o’nligi har doimgidek o’zgarishsiz qoldi. Birinchi o’rinda qaysi mamlakat joylashganini bilasizmi? Albatta, Norvegiya. Undan keyingi o’rinlarda Shveysariya, Daniya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Kanada, Avstraliya, Niderlandiya, Finlyandiya va Irlandiya joy olgan.

Reytingning ikkinchi o’nligini quyidagi mamlakatlar band etgan.
20-o’rin. Gonkong: Gonkong aholisi xavfsizlik bo’yicha yetakchilik va tadbirkorlik faoliyati uchun eng yaxshi imkoniyatlar yaratilganligi bilan faxrlanishlari mumkin.


Gonkongning moliyaviy markazi

19-o’rin. Yaponiya: yaponlar sog`liqni saqlash borasida jahonda yettinchi o’rinda turishadi, shaxsiy erkinlik jihatidan esa 33-o’rinni band etishgan.
 

Tokio markazidagi Shibuyya stansiyasi hududidagi ko’cha manzarasi

18-o’rin. Belgiya: har bir guruh bo’yicha yuqori 25 talikni egalladi, sog`liqni saqlash tizimining rivojlanish darajasi bo’yicha esa dastlabki o’ntalikka kira oldi.
 

Belgiya vaflilari — mamlakatning eng mashhur shirinliklaridan biri

17-o’rin. Singapur: Singapur iqtisodiyot yo’nalishida birinchi o’rinni egallagani bois bu yil Belgiya bilan o’rin almashdi.
 
Singapur moliyaviy markazi manzarasi

16-o’rin. Avstriya: bu yil sog`liqni saqlash va tadbirkorlik imkoniyatlari yo’nalishlarida birinchi o’ntalikka kirgan bo’lsa-da, o’tgan yilgi 15-o’rnini saqlab qola olmadi va bir pog`ona pastga tushdi.
 
Avstriya Alpidagi "Sonnschienhütte” dam olish bazasi

15-o’rin. Buyuk Britaniya: Bu davlat bu yilgi reytingda ikki pog`ona pastga tushdi, chunki sog`liqni saqlash va xavfsizlik yo’nalishlarida dastlabki yigirmatalikka kira olmadi.
 
London Sitisi

14-o’rin. Germaniya: farovonlik reytingiga ko’ra, Germaniya iqtisodiyotning rivojlanishi bo’yicha jahonda beshinchi o’rinni egallaydi. To’rtinchi yildirki, mamlakat umumiy reytingda 14-o’rinni egallamoqda.
 
Oktoberfestdagi Kostyumlar va o’qchilar paradidan so’ng bavariya milliy kiyimidagi kishilar pivo to’la krujkalarini cho’qishtirishmoqda

13-o’rin. Lyuksemburg: bu mamlakat aholisi nafaqat shaxsiy erkinlik darajasi va sog`liqni saqlash, balki samarali boshqaruv va barqaror iqtisodiyoti bilan ham haqli ravishda faxrlanishadi. Shu sababli mamlakat o’tgan yilgi 16-o’rindan 13-o’ringa ko’tarildi.


Lyuksemburg — mamlakatning eng yirik shahri va poytaxti

12-o’rin. Islandiya: Atlantika okeanining shimoliy qismida joylashgan bu orol davlat uchta ko’rsatkich: shaxsiy erkinlik, xavfsizlik va tadbirkorlik darajasi bo’yicha dastlabki beshlikni egalladi. Ammo bu mamlakatni o’tgan yilgi o’rnidan bir pog`ona pastga tushishidan saqlab qola olmadi.


Sayyoh Islandiya janubi-g`arbidagi Landmannalaugar tog`ida tizmani tomosha qilmoqda

11-o’rin. AQSh: Qo’shma Shtatlar "Legatum Institute” reytingida sog`liqni saqlash yo’nalishi bo’yicha birinchi o’rinni band etdi, biroq fuqarolar xavfsizligi darajasi bo’yicha AQSh 33-o’rinni egalladi.


Shimoliy Dakotadagi Rashmor tog`i
 
Reytingdan O’zbekiston ham o’rin oldi. Mamlakatimiz indeksda o’tgan yilgi o’rnini saqlab qolib, 57-pog`onani egalladi. Bu MDH davlatlari ichida ikkinchi ko’rsatkich bo’ldi. O’zbekiston Rossiyadan (58), Belarusdan (63), Qirg`izistondan (66), Ukrainadan (70), Turkiyadan (78), Hindistondan (99), Erondan (106) o’zib, Qozog`istondan (55) ortda qolgan.


O’zbekiston, maktab o’quvchilari bayram tadbirlarida.
 

Toshkent, Mustaqillik bayrami.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar