Yuklanmoqda...

Quyosh deyarli ko’rinmaydigan shaharlar


Inson deyarli har qanday sharoitga ko’nikadi. Qor, sovuq, jazirama, yirtqich hayvonlar – ayrim afrika qabilalari deyarli vulqon og`zida yashashadi. Shuning uchun ham Marsga parvoz qilish haqidagi gap-so’zlarni jiddiy qabul qilish lozim: ayozli Sibirda yashay oladigan inson Marsda ham yashay oladi.

Inson uchun eng murakkab sharoit quyosh nurining yo’qligidir. Buning oqibatida tushkunlik, asab buzilishi, ruhiy zo’riqish kelib chiqadi. Lekin Yer yuzida Quyosh kamdan-kam nur sochsa ham odamlar yashab kelayotgan shaharlar bor. Sayyoramizning eng qorong`u aholi maskanlari reytingi bilan tanishing!

Murmansk, Rossiya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1715


 
Murmansk qutb doirasi ortida joylashgan dunyodagi eng yirik shahar hisoblanadi. Lekin bu yerda ob-havo u darajada qo’rqinchli emas. Qishda havo harorati -10 darajagacha iliydi. Yilning bir necha oylariga cho’ziluvchi tunlar esa ruhan tayyorgarlik ko’rmagan kishi uchun haqiqiy muammo bo’lishi mumkin. Bu davrda quyosh umuman ko’rinmaydi, kunduz kuni ham atrofni qorong`ulik egallaydi.

Kiruna, Shvetsiya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1680
 

 
Shaharning nomi "oq qush” deb tarjima qilinadi — uning surati mahalliy gerbda tasvirlangan. Kirunaqutb doirasidan yuz ellik kilometr shimolda joylashgan. Quyosh faqat 30 maydan 15 iyulgacha bo’lgan qisqa davr ichida ko’rinadi, qolgan vaqt davomida esa shahar aholisi qorong`ulikda yashaydi.

Yujno-Kurilsk, Rossiya yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1662
 
 
Mahalliy aholi dengiz zaxiralari to’plash va qayta ishlash bilan shug`ullanadi. O’tgan asrning 90-yillari oxirida bu yerda o’zgarishlarni kutib yashashgan: Kuril orollarini Yaponiyaga berish borasida gap-so’zlar ko’paygan. Lekin orollar Rossiya tarkibida qoldi.
 
Juno, AQSh Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1540

 

Juno AQShdagi shtatlarning poytaxtlari ichida eng kattasi hisoblanadi. Shahar hududi rasman 8 430 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Aslida esa shahar hududining 99 foiz maydoni hech qanday sivilizatsiya alomatlari sezilmaydigan o’rmonli tog`lardan iborat. Quyosh nurining deyarli yo’qligi esa kishini tushkunlikka tushiradi. 

Keln, Germaniya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1504
 

 
Kyolnning ikkinchi norasmiy nomi Reyndagi Metropoliya bo’lib, shahar butun mamlakatdagi yirik va qadimiy madaniy markaz hisoblanadi. 

Birmingem, Buyuk Britaniya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1364
 
 
Kyolnning ikkinchi norasmiy nomi Reyndagi Metropoliya bo’lib, shahar butun mamlakatdagi yirik va qadimiy madaniy markaz hisoblanadi. 

Prins-Rupert, Britaniya Kolumbiyasi Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 1230
 
Tinch okeanining butun shimoliy qismi yomg`irli va tund havosi, doimiy tumanlari bilan nom qozongan. Prins-Rupert port shahri xuddi fantastik romanlardagi shaharni eslatadi, odamlar nima uchun bu yerda yashashlarini tushunish qiyin. 

Nikolskoye, Rossiya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 992
 
 
Nikolskoye butun boshli Aleut tumanidagi yagona aholi maskanidir. Faqat shu yerdagina haqiqiy aleutlarni uchratish mumkin: bu yerdagi sharoitda ulardan boshqa hech kim yashay olmaydi. Bu yerda quyoshli kun — kamyob va g`aroyib hodisa. 

Torsxavn, Daniya Yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 884
 
Muxtor Farer orollarining poytaxti Streymoy orolining sharqiy sohilida joylashgan. Torsxavn rasman dunyodagi eng bulutli aholi maskani hisoblanadi: bu yerga quyosh batareyalari hali-beri kelmasa kerak. Lekin shahar aholisi hayotidan nolimaydi.

Yan-Mayen, Norvegiya yil davomida quyosh nur sochadigan soat: 823
 
 
Sayyoramizning eng qorong`u shahri nomi Norvegiyaning Yan-Mayen shahriga tegishli. Aniqroq aytganda, bu maskanni shahar deb atab ham bo’lmaydi — shahar aholisini bir nechta yirik davlat stansiyalarining xodimlari tashkil etadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar