Yuklanmoqda...

Eng og`riqli tishlaydigan jonivorlar


Tabiatda yashovchi deyarli har bir jonzot o’zini tishlari orqali himoya qiladi. Yoki ular bilan oziqlanadi. Ba’zilari jabrlanuvchi tanasiga kimyoviy zahar kirg`izish uchun nayzasi orqali chaqishga urinadi, ayrimlari esa chaqish kuchiga e’tibor qaratadi. Quyidagi hayvonlarning chaqishi esa sizga ko’plab jiddiy muammolarni olib kelishi mumkin — hattoki, bevaqt o’limni ham. 
 
Alanga chumolilari
 

Yovuz Solenopsidini chumolilari jabrlanuvchi tanasiga o’rnashib olib, ularga qattiq nayza bilan zahar sanchadi. Zaharli alkaloid solenopsini kuchli kuyishni eslatuvchi og`riqni yuzaga keltiradi.  
 
Piranyalar

 
Piranyalarning pastki jag` qismi oldinga qattiq bo’rtib chiqqan. O’tkir uchburchak tishlar jag`lar yopilganda tepa va pastki qism bir-biriga aniq tushadigan qilib o’sadi. Bu esa yirtqich o’lja tanasini bir necha soniyada bo’laklarga ajratib olishiga yordam beradi.  
 
Meduzalar

 
Meduzalarning ko’p turi o’zini himoya qilish yoki o’ljani qo’lga kiritish uchun nematotsitlar otadi. Ba’zilari zaharli hujumni ham amalga oshiradi. Dunyoda meduzalarning inson hayoti uchun xavfli bo’lgan 15 turi mavjud. Og`irligi bir yarim kilogramm bo’lgan Chironex fleckeri turi o’limga sabab bo’lishi mumkin. 
 
Chayonlar

Fanda ikki mingga yaqin chayon turi aniqlangan. Ulardan yigirmatasi inson hayotiga o’lim xavfini soladi. Ularni Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda uchratish mumkin. Leiurus quinquestriatus nomli chayon hujumi juda xavfli bo’lib, jabrlanuvchi o’limiga olib kelishi mumkin. 

Qotil ari


 
Afrikaning yovvoyi asalarilari atrofimizdagi arilardan tubdan farq qiladi. XX asrda ularni Janubiy Amerikaga olib o’tishgan, u yerdan esa shimolda tarqalib ketadi  — aynan shu yerda unga «qotil ari» nomi beriladi. Bu hasharotlar faqatgina o’z uyasini himoya qilayotgandagina hujum qiladi. Zaharli nishi esa bir necha daqiqada inson umriga  zomin bo’lishi mumkin.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar