Yuklanmoqda...

Dubayning 10 ta hayratda qoldiruvchi inshooti


Hozirgi kunda Dubay dunyoning eng boy shaharlaridan biri, u yerda qadimgi afsonalar va ertaklardagi hayot haqiqiy hayotga ko’chgan, orollarda hayratga soladigan saroylar, bog`lar, osmono’par minoralari bor masjidlar bunyod etilgan. Dubayning turli shaharlarida yuzlab ajoyib binolar borki, ular orasida zamonaviy me’morchilikning eng ko’zga ko’ringan 10 ta inshootni sanab o’tamiz. 
 
 
1. Burj-Xalifa

 
BAAdagi inson qo’li bilan bunyod etilgan o’nta eng hayratga soluvchi inshootlar reytingida birinchi o’rin haqli ravishda Dubaydagi Burj-Xalifa minorasiga tegishli. Uning qurilishi 2010 yil boshida tugallangan. 162 qavatli, balandligi 828 metrga teng bu bino BAA rahbari, Abu Dabi amiri Xalifa ibn Zayd an-Nahayyana sharafiga nomlangan. Inshootda ko’plab ofislar, dunyodagi eng katta tungi klub, kattakon basseyn, 158-qavatda masjid, muhtasham besh yulduzli mehmonxona bor. Uning intererini yaratishda Jorjio Armani qatnashgan. 

 
2. Dubay favvorasi

 
Dunyodagi eng baland osmono’par bino Burj-Xalifa yonida yana bir hayratga soluvchi inshoot bor – dunyodagi eng chiroyli va eng baland musiqiy favvora. Uning balandligi 275 metrga yetadi. Favvora ayniqsa tun qorong`isida, 25 ta rangli projektor va minglab chiroylar yonib, havoda ajoyib obrazlar hosil qilganda, ko’zni quvontiradi.

 
3. Jebel-Ali bandargohi

 
Dunyodagi eng yirik sun’iy bandargoh bo’lmish Jebel-Aliga Dubaydan 40 daqiqada yetib borish mumkin. Bandargoh avvaliga faqat sanoat maqsadida bunyod etilgan. Keyinroq bandargohda muhshatam mehmonxonalar, restoranlar va qahvaxonalar ko’payib, dunyoning eng chiroyli joylaridan biriga aylandi. 


 
4. Emirates Park Towers
 
 
Egizak osmono’par binolar "Emirates Park Towers” — dunyodagi eng baland osmono’par binolar ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadi. Binolarda muhtasham "Marriott International” mehmonxonasi, biznes-markaz, anjumanlar zallari, restoranlar, butiklar, spa-markaz bor. 

 
5. Almas Tauer

 
BAAdagi Almas Tauer minorasi 2008 yilda qurilgan, Dubay qimmatbaho buyumlari birjasi (Dubai Diamond Exchange) o’sha yerda joylashgan. Bundan tashqari, osmono’par binoda ko’plab mashhur xalqaro firmalarning ofislari, anjuman zallar, butiklar joylashgan. 


 
6. Dubaydagi "Yelkan” mehmonxonasi (Burj Al Arab)
 
 
Dubaydagi "Yelkan” mehmonxonasi Fors ko’rfazi qirg`og`ida joylashgan. Zamonaviy me’morchilikning mo’’jizalaridan biri hisoblanadi. Nihoyatda chiroyli osmono’par bino derazalaridan ko’rfazning go’zal manzarasi ko’rinadi. Bu yerda sharqona hashamat orasida butun ta’tilni maza qilib o’tkazish mumkin.
 

 
7. Dubaydagi Palma orollari


 
Oydan ham ko’rish mumkin bo’lgan ajabtovur manzara, inson qo’li bilan bunyod etilgan Palma orollari — xurmo palmalari shaklida joylashgan uchta katta orol. Mo’’jizaviy orollarga odamlarning ko’chib borishi 2008 yilda, birinchi Palma orolida ilk mehmonxona — "Atlantis” ochilganda boshlangan. Hozirda Palma orollari muhtasham bog`lari, qimmat mehmonxonalari, ko’ngilochar markazlari bor haqiqiy vohaga aylangan.

 
8. Jumeyra masjidi
 
 
BAAdagi inshootlardan biri — Jumeyra masjidi noyob zamonaviy sharqona uslubi bilan hayratga soladi. Bino islom an’analari va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg`un uslubda bunyod etilgan. Masjidni turli din vakillari kirib ko’rishlari mumkin. Inshoot ayniqsa kechasi, chiroqlar yonganda o’zgacha ko’rinadi. 


 
9. Ski Dubai

 
"Ski Dubai” — yopiq tog`-chang`i kurorti. Sahroning o’rtasida, Arab yarimorolining qizib turgan qumlari orasida dunyodagi birinchi va hozircha yagona tog`-chang`i kurorti joylashgan. U yirik "Mall of the Emirates” savdo markazida joylashgan bo’lib, maydoni uchta futbol maydoniga teng. Yopiq tog`-chang`i kurortida snoubordchilar va chang`ichilar uchun ajoyib trassalar, restoranlar, qorli attraksionlar bog`i bunyod etilgan. Kurortda, tashqarida 40 darajali jazirmasa bo’lsa ham, barqaror havo harorati (-2 °S) ushlab turiladi. Maxsus qurilmalar har tunda o’n ming tonnalab haqiqiy qorni ishlab chiqaradi.

 
10. "Dubai Mall”dagi akvarium
Dunyodagi eng katta akvarium. "Dubai Mall” savdo markazida inson qo’li bilan bunyod etilgan yana bir ajabtovur inshoot borki, u Ginnessning Rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Uch qavatli uydek keladigan, 10 million litr suvni sig`diradigan ulkan akvariumda dengiz faunasining turli-tuman vakillari yashaydi. Tashrifchilar yirtqich akulalar, skatlar, dengiz kirpilari, sakkizoyoqlar, har xil meduzalarni tabiiy muhitda, Akvarium markazidan solingan tonneldan ko’rishlari mumkin. Voyaga yetganlar qaltis attraksionda — akulalar bilan sho’ng`ishlari mumkin, u yerda tajribali dayverlar jasur kishilarning tirik qolishiga yordam beradi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar