Yuklanmoqda...

Jazoirdagi siyohdan tashkil topgan ko’l


Dunyo g`aroyibotlarga boy. Ulardan ba’zilarini eshitganimizda beixtiyor "yo’g`-ye!?”, deb yuboramiz. Ana shunday holatni Jazoirga tashrif buyurganlar ham boshdan kechiradilar. Nima uchun deysizmi? Maqolamizni o’qisangiz, o’zingiz masalaga oydinlik kiritib olasiz.

Jazoirga tashrif buyurgan barcha sayyohlar ajoyib fenomenga duch kelishlari mumkin. Sidi-Bel-Abbos yaqinida shunday sirli ko’l mavjud-ki, unda hech qachon baliq yoki biror-bir o’simlikni ko’rishning imkoni yo’q. Chunki bu suvda hech qanday mavjudot yashay olmaydi. Sababi ko’lda suv o’rniga yozish uchun asqotadigan siyoh oqadi. Tirik organizmlar uchun esa bu haqiqiy zahardir.
Uzoq vaqt davomida siyohli ko’l fenomeni sirliligicha qolgan, ammo hozirda tabiatning bunday fokusiga aniqlik kiritilgan. U shundan iborat-ki, ko’lga oqib tushadigan daryolardan birining tarkibidagi temir tuzlarining miqdori juda ko’p, ikkinchi daryo esa balchiqlardan keluvchi turli organik qo’shilmalarga boy. Shunday qilib daryolar ko’lda bir-biriga aralashganida suvni siyohga aylantiruvchi reaksiya sodir bo’ladi.
Mahalliy aholi mazkur joy haqida turli afsonalarni so’zlab beradilar. Kimdir bu iblis makonini uzoqdan aylanib o’tishga harakat qilsa, boshqalar esa mazkur ko’lga kelishni orzu qiladilar. Ko’lga ko’plab nomlar berilgan, ammo "Qora ko’l”, "Siyohdon”, shuningdek, "Iblis ko’zi” kabi nomlar ular orasida eng mashhurlaridir.
Ana ko’rdingizmi, tabiat o’z tilsimi bilan insoniyatni doimo hayratga soladi. Yana qanchadan-qancha biz bilmagan sirlar mavjud ekan-a? Ajabo?!

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar