Dunyoning eng go’zal botanika bog’lari


Bog’lar va parklar har bir shahar fuqarosining eng sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi! Xushbo’y hidli salqin havoda sayr qilish va rang-barang bo’stonlarning chiroyidan bahra olish — bundanda yoqimli ish bo’lishi mumkinmi?!

Biroq, bog’ — bu nafaqat insonlar dam olish joyi, balki barcha uchun qiziqarli bo’ladigan turli xildagi o’simliklarning noyob kolleksiyasi bilan tanishuv hamdir. Va bu kabi bog’lar o’zi bilan dunyoning ko’pgina burchaklarini bezaydi! Bugun biz sizga dunyodagi eng chiroyli botanika bog’larini e’tiboringizga namoyish etamiz!

Versal saroyli-park kolledji (Parij, Fransiya)



Saroyning qurilishi Lyudovik XIV davrida 1661-yilda boshlangan va qariyb 40 yil ichida davom etgan.

Kirstenbosh botanika bog’i (JAR)
Bog’ Keyptaundan sal uzoqroq, sobiq fermada joylashgan tog’ bo’yida, 1913 yilda qurib bitqazilgan.

Rio-de-Janeyrodagi botanika bog’i (Braziliya)

Braziliya bioxilma-xillik bilan mashhur, va shuning uchun, poytaxt botanika bog’ida ko’pgina eng noyob va kam uchraydigan o’simliklarni uchratish mumkin.

Sayxodzi budda budda cherkovining parki (Yaponiya)

Cherkov 710 va 794-yillaroralig’ida Syotoku shaxzodasining sobiq saroyida barpo qilingan. Bu joyning go’zal tabiatidan to’lig’icha bahra olish uchun yaxshisi bu yerga iyul oxirlarida va kuzda kelish lozim.

Butchardlar bog’lari (Britaniya Kolumbiyasi, Kanada)

“Botgan bog’” nomli birinchi bog’ Djenni Butchard tomonidan, qachonlardir ohak qazib olinadigan karyerda barpo etilgan. Vaqt o’tib, bog’li-park maydoni Yaponiyalik, Italyan, O’rtayerdengizli bog’lar va rozariylar bilan to’ldirildi.


Arizona cho’lidagi botanika bog’i (AQSH)

Avvaliga turli xildagi o’simliklarni o’rganish va saqlash uchun maydon sifatida yaratilgan bu botanika bog’I 140 akr maydonni egallaydi. Uning maydonida 50.000 ga yaqin yashil ekinlar o’smoqda.

Kyokenxof gul parki (Niderlandiya)

Piyozli gullar ekilgan ushbu bog’ dunyodagi eng chiroyli va taniqli bog’lardan biri hisoblanadi. Uning butun go’zalligi ayni gullash paytida ochiladi – ya’ni bahorda, barcha tashrif buyuruvchilar 800 ga yaqin turdagi, 7 million ta gullar chiroyini ko’rib, bahra olishlari mumkin.

Nong Nuch botanika bog’i (Tailand)

1980-yilgacha bu mevali bog’ edi. Hozirda parkda duyoning turli burchaklaridagi mashhur bog’lar misolida yaratilgan kichik bog’larni uchratish mumkin. Nong Nuch botanika bog’ining eng chiroyli bog’laridan biri bo’lib, taniqli versal parkiga atab barpo etilgan Fransuz bog’i hisoblanadi.

"Dubaydagi mo’jizalar bog’i" (BAA)

“Dubaydagi mo’jizalar bog’i” (Dubai Miracle Garden) dunyodagi eng yirik bog’lardan biridir. U 7,2 ga maydonni egallaydi va 100 million gullardan iborat ajoyib kolleksiyasi bilan maqtansa bo’ladi. Bu bog’ning boshqa bog’lardan farq qiladigan yagona tomoni bu undagi klumbalarning antiqa shakllaridir, ularda gular uychalar, arklar va boshqa ko’rinishdagi shakllarda gullar o’sadi.

Petergof (Sankt-Peterburg, Rossiya)



Xorijda saroyli-park ansamblini “Rus Versali” deb atashadi. Uning maydoni bo’ylab bir nechta parklar joylashgan (Ingliz parki, Ustki bog’, Koloniyali park, Aleksandr parki va boshqalar), va ular 200 yil mobaynida barpo qilinib kelgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top