Yuklanmoqda...

Dunyodagi puatu deb nomlangan eng katta eshak…


 
Yer yuzida juda kam uchraydigan eshakning bu turi nafaqat uzundan-uzun, qalindan-qalin yungi, balki hajmi bilan ham eshaksifatlar oilasida yetakchilik qiladi. Ba'zi manbalarda puatu eshagini mamontlarga ham mengzashadi. Ammo bu noto'g'ri. Ular ko'proq otlarga o'xshab ketadi.

Puatu eshaklari asosan Fransiyada ko'p uchraydi va dunyodagi eng yirik eshak hisoblanadi. Bu eshaklar kamyob bo'lgani, uzun yungi, yirikligi sababli bozorda juda qimmat turadi.
Tarixiy ma'lumotlarga razm solsak, o'rta asrlarda ham puatu eshaklari juda bozorgir va qimmatbaho sanalganiga guvoh bo'lamiz. O'sha paytlarda ham bu eshaklarni faqat boylargina sotib olgan. Kambag'allarning kuchi yetmagan. Ammo oradan yillar o'tib bu eshaklar mashhurlik shohsupasini tark etdi. Sal qursa, qirilib ham ketayozdi. Masalan, o'tgan asr o'rtalarida dunyo bo'yicha puatu eshaklari bor yo'g'i elliktani tashkil etgan xolos.

Hozirga kelib esa ularning soni sezilarli darajada oshdi. Hozir puatu eshaklari to'rt yuztadan ko'proqni tashkil etadi. Tarixiy ma'lumotlarda qayd etilishicha, puatu eshaklarini 2 ming yilcha oldin rimlik legionerlar Fransiyaga olib kelishgan. Ulardan og'ir yuklarni tashishda keng foydalanishgan.
 
O'sha paytlarda puatu eshaklarining hajmi ikki metrgacha yetgan. Biroq bugunga kelib ularning hamji qisqargan. Shunga qaramay, oddiy eshaklar bilan solishtirsangiz, baribir puatular yirikligicha qolgan. Yungining uzunligi esa bu eshaklarning nomi Ginnes rekordlar kitobiga yozib qo'yilishini ta'minlagan.

Agar puatuni ot bilan chatishtirilsa, quyidagi ko'rinishga ega jonivor dunyoga keladi:

esoreiter.ru

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top