Yuklanmoqda...

Eng mehnatkash insonlar yashaydigan davlatlarni bilasizmi?


Dunyodagi eng mehnatkash insonlar yashaydigan davlatlar reytingi e'lon qilindi. Bu haqda RBK manbasi xabar berdi. 2017-yil ko'rsatkichlarini o'zida jamlagan mazkur ro'yxat Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan tuzildi.
 
Reytingda birinchi o'rindan Meksika joy oldi. Ushbu davlat fuqarolari bir yilda o'rtacha 2246 soatdan mehnat qilishar ekan. Undan keyingi yuqori pog'onalarni Kosta-Rika, Janubiy Koreya, Gretsiya, Rossiya band etdi.
 
Reyting iqtisodiyoti eng rivojlangan davlatlar o'rtasida tuzilgan. Unga 37 ta mamlakat kiritilgan.
manba: aniq.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar