O’zbekistondagi eng baland sharshara


 
 
Surxondaryo viloyati jannatmonand O’zbekistonning issiq iqlimli viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyatning Boysun tumani shimoliy-sharqida ulkan va azim Bobotog` joylashgan. Tabiati ajoyib, o’simliklar dunyosi rang-barang, hayvonot olami turfa bu manzil zilol suvi, minglab buloq va chashmalari bilan nom qozongan. Nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoda o’ziga xos ulug`vorlik kashf etgan O’zbekistondagi eng baland va go’zal sharsharalardan biri "Sangardak” ham aynan shu yerda joylashgan. Ulkan qoyalardan kamalakmisol tovlanib tushayotgan benazir va bebaho suv bahru-dilingizni ochadi. Unga qarab huzurlanasiz, ko’zlar quvnaydi. Toza havodan to’yib-to’yib nafas olgingiz keladi. Janub taftidan biroz bo’lsa-da, orom olishga intilgan yurtdoshlarimiz bu so’lim, bahavo maskanga intiladi. Balandligi qariyb 150 metr, yoysimon shakldagi eni 80 metrcha keladigan sharshara toshdan-toshga urilib, kishi ruhiyatini "allalaydi”.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top