Diqqat! Sog`liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi! 

6 707

 Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha tamaki mahsulotlari qutilarida "Sog`liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: chekish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli!”, degan yozuv bor. Ammo kamdan-kam kishi ushbu ogohlantiruvchi yozuvga e’tibor beradi.
 Ushbu tamaki mahsulotlari do‘kon peshtaxtalaridan chekuvchilar qo’liga tarqalib ketmoqda. Afsus! Bizning sog‘lig‘imiz to‘g‘risida qayg‘urayotgan Sog`liqni saqlash vazirligi esa ogohlantiradi:
  • sigareta umrni qisqartiradi, chunki tamaki tutunida 4000 dan ortiq kimyoviy birikmalar mavjud, ularning qirqdan ortig`i saraton kasalligini keltirib chiqaradi va shuningdek, unda bir necha yuzlab zaharlar, jumladan nikotin, sianid, margimush, formaldegid, karbonat angidridi, uglerod oksidi va sianid kislotalari mavjud;
  • sigaret tutunida radioaktiv moddalar mavjud: poloniy, qo‘rg‘oshin, vismut kuniga bir pachka sigaret - bu bir yilda 500 marta rentgen nurlanishi demakdir; chekkanda, birinchi navbatda, nafas olish organlari dardga chalinadi;
  • tomoq saratonidan o`lganlarning 98 foizi, o‘pka saratonidan o'lganlarning 96 foizi, surunkali bronxitdan o`lganlarning 75 foizi kashandalardir;
  • nikotin - insonga ma`lum zaharlarning eng kuchlisidir, u qishloq xo‘jaligida insektitsid sifatida qo`llanadi. Sigaret tutuni o‘pkaga tushgandan keyin 7 sekundda miyaga yetib boradi;
  • tamaki chekuvchilar nafaqat o‘zlarini, balki atrofdagilarning sog`ligiga ham ziyon yetkazadilar;
  • tamaki chekilganda havoda uglerod oksidining darajasi belgilangan me’yordan oshib ketadi.
   Shuni bilishingiz kerakki, chekish yer yuzi aholisi o’rtasidagi mavjud kasalliklaming 30 foizidan ortig`i paydo bo`lishiga sabab bo`ladi va o‘rtacha umrni qisqartiradi. Sog`liqni saqlash vazirligi bekorga ogohlantirmaydi, axir! 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.