Ekologik vaziyatdan - barqaror rivojlanishga! 

6 338

  «Ekologik vaziyat» va «Ekologik situatsiya» kabi tushunchalar dastlab kishilarni vahimaga solgan yoki muhitning ifloslanishi darajasidagi ma’lumotlar deb qaralgan.
  Agarda shaharda ekologik vaziyat yomonlashdi desak, bunda albatta, atmosferaning zavod dudkarnaylari va transport dudkarnaylaridan chiqadigan gazlar bilan shuningdek ichimlik suvining sifatini yomonlashganligi suv havzalarining ifloslanishi va hokazolarni tasavvur qilamiz. Zavodlarda ekologik vaziyat normada desak, bunda zavod atrofini tabiati yaxshi holatda degani emas. Tutun, qurum, sulfat angidrid (S02), azot kabilar, zavod dudkarnaylaridan chiqib turadi. Uzatish quvurlari orqali suv bilan chiqindilar ajralib chiqadi. Go‘yo zavod mahalliy hokimiyat nazoratidan uzoqda ishlayotgandek tuyuladi.
  Ushbu «normativ chiqindilar» qo‘shni o‘rmonga, atrofidagi tuproq, o‘simlik va hayvonlarga shuningdek, odamlarga ta’siri boshqa masala hisoblanadi. Bu masala ham ko‘tariladi, ammo ancha kech bo'lgan bo‘ladi. Biz havo, suv va tuproqning ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishi va uning oqibati haqida ko‘p narsa bilmaymiz.
  Olimlar va keyinchalik hamjamiyat, ko‘pchilik davlatlar iqlimning o‘zgarishini, ozon qatlamining siyraklashishini, o`rmonlarni kesib tashlash, yomon oqibatlarga olib kelishini payqab yetdilar.
  Yaqinda ko‘z oldimizda kelib chiqqan ekologik o'zgarishlar mintaqaviy va umumbashariy muammolarga aylanmoqda.
  Orol dengizi qurib bormoqda, o‘lkamizda cho‘llanish jarayoni kuchayib bormoqda.
 O‘zbekiston hududida ekologik vaziyat hamma joyda ham bir xil emas. Vohalarda tuproqlarning sho‘r bosishi, shamol va suv nurashiga duchor bo‘lgan yerlar, o‘simlik qoplami qisqarayotgan yaylovlar va hokazolar.
  Ekologik vaziyatni to‘g‘ri baholashda va uni barqarorlashtirish uchun harakat qilish lozim. Ekologik vaziyatni 3 darajasi ajratiladi: 1 qanoatlantirarli: II o‘rtacha: III keskin.
  1 darajali ekologik vaziyat holatini saqlab qolish mumkin. 0‘rtacha darajadagi vaziyatlarni avvalo, barqarorlashtirish, keyin qanoatlantirarli darajaga qaytarish choralarini ishlab chiqish mumkin, keskin darajadagi ekologik vaziyat hududiy jihatdan uncha katta emas, ammo qo‘shni tizimlarga ta’sir etish juda xavfli bo‘lish mumkin. Nihoyat, ekologik tanglik ekologik vaziyatni keskin darajadagi holat rivojlanishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Ekologik halokat yoqasida turgan ahvolni tez qisqa muddatlarda o‘rtacha va qoniqarli bosqichlarga keltirish muhim vazifa hisoblanadi.
 Ekologik vaziyatni murakkablashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun atrof muhitga zararli chiqindilarning chiqarishini kamayishiga erishish kerak.
 Respublikamizda, bugungi kunda bu masalaga e’tibor kuchaytirildi. Sanoat korxonalari dudburonlaridan havoga chiqadigan zararli chiqindilarni tutub qoluvchi va zararsizlantiruvchi samarali moslamalar o‘rnatish, kam chiqindili yoki chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish, chiqindilardan turli mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim. Suv havzalariga oqova suvlar tushumini kamaytirish va butunlay tushirmaslik uchun harakat qilish lozim, bu bilan daryolarning suvlari tozalanadi, aholi orasida kasalliklar kamayadi. Yerlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yo‘qoladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish oson emas, buning uchun yoshlarning faolligi va ilmiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish zarur bo‘ladi. El sog‘lig‘ini hisobga olib, ushbu loyihalarning majmuasini bosqichma-bosqich amalga oshirish, ekologik va gigienik muammolarning yechilishini tezlashtiradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.