Tuproq beminnat va aziz makondir! 

6 732

 Tuproq rizqu ro‘zimiz xazinamizdir. Umuman tuproq deganda, biz yerning ustki unumdor qatlamini tushunamiz. Yer insoniyat va hayvonot dunyosiga hayot kechirish uchun asosiy manba. Haqiqatda ham, yersiz, na insoniyatni, na hayvonot olamini, na o‘simliklar dunyosini tasawur qilish qiyin.
 Yer resurslarini asrash, aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Shuning uchun yerdan to‘g‘ri foydalanish va uni e’zozlash talab qilinadi.
 Tuproq o‘z-o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Ushbu murakkab biokimyoviy jarayon ma’lum tuproqdagi kislorod miqdori va boshqa shart-sharoitlargabog‘liq bo‘ladi. Albatta, tuproqni o‘z-o‘zini tozalash kabi noyob xususiyati cheksiz emas, u kuchli ifloslangan taqdirda biz noyob xususiyatni kuzatmaymiz. Mineral o‘g‘itlardan dehqonchilikda keng foydalanilmoqda. Yerga mahalliy o‘g‘itlardan nihoyatda kam solinmoqda. Tuproqda inson salomatligiga xavf soladigan ifloslantiruvehi muhim zaharli kimyoviy moddalar, ya’ni pestitsidlardan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.
 Mineral o‘g‘itlarning 50 foizi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilmaydi. Ular yuvilib tuproqdagi, Yer osti va Yer ustidagi suvlarni ifloslantiradi.
 Mineral o‘g‘itlar orasida eng xavflisi ammiakli selitradir. U ko‘proq sabzavot-poliz ekinlariga ishlatilishi oqibatida o‘simlik tanalarida ortiqcha miqdorda to‘planadi, sabzavotlar orqali odam organizmiga o‘tgan nitratlar zaharli birikmalarga aylanadi. Ana shunday moddalardan biri nitrozamin hisoblanib, u saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
 Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan pestitsidlardan foydalanish bo‘yicha respublikamiz xo‘jaliklarida har bir gektarga o‘rta hisobda 20 kg to‘g‘ri keladi. Ayrim joylarda esa gektariga 50 kg va undan oshib ketgan hollari kuzatilgan. Zaharli moddalar tabiat insonuchun in’om etgan noz-ne’matlarni, bebaho boyligimiz bo‘lgan yerimizni yaroqsiz holga keltirmoqda. Tuproqning ifloslanishiga sanoat korxonalari zaharli chiqindi moddalari (qo‘rg‘oshin, simob, ftor, mishyak) ham sababchi bo‘ladi.
 Respublikada 4,5 mln.ga. hosildor yerlar mavjud. Ularning 3\4 qismi qishloq xo‘jaligi ihtiyorida, bundan tashqari o‘zlashtirish uchun yana 9 mln. ga. yer bor. 0‘lkamizda inson tomonidan yaroqsiz holga keltirilgan yerlar maydoni 123 ming gektarga etdi. Uning 90% kar’erlar, tashlandiq tog‘ jinslari va ma’danlar, yo‘llar, kollektorlar, elektr uzatuvchi minoralar, gaz, suv, neft quvurlari, shaharlarning axlatxonalari band qilib yotibdi.
 Noxush ekologik hodisalardan biri tuproqni sho‘rlanishidir. Respublikamizdagi yaroqli yerlarning qariyb yarmi turli darajada sho‘rlangan. Sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida azaldan turli zichlikdagi zovur tarmoqlari qurilgan. Sug‘oriladigan yerlar suv va shamol eroziyasi tufayli ham zarar ko‘rdi. Barcha haydaladigan yerlarning 1422 ming gektarida suv eroziyasi ro‘y beradi. Shamol eroziyasi xavfi bo‘lgan yerlar 2,1 mln.ga. ni tashkil etadi.
 Eroziyaga qarshi olib boriladigan chora tadbirlar, sug‘orishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘rmonlarbarpo etish, chorva mollari boqishni tartibga solish kabilar hisoblanadi.
 Aziz tuprog‘imizni, izdan chiqib ketishiga befarq qarash o‘z yijdonini yo‘qotish hisoblanadi. Asosiy vazifamiz yerdan to‘g‘ri va oqilona foydalanishdir. Olarning berari ham bor. Shikaslantirdingmi davola! Yerga vaqtincha, ko‘z ochib yumguncha foydalanadigan narsa deb emas, balki hayot faoliyatimizning doimiy zamini sifatida qarashimiz lozim. Yer bizning uyimiz ekanligini unutmaylik.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.