Yuklanmoqda...

Ifloslanish 

1374

  Atrof-muhitning ifloslanishi nafaqat bizning mamlakatimiz uchun, balki xorijliklar uchun ham asosiy muammo bo‘lib turibdi. Amerika, Kanada olimlarining birgalikda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, ishlab chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar bir yilda 375 ming kishini zaharlar ekan, shulardan 10 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan.
  Yer yuzasini turli chiqindilar bilan ifloslanishi kuchayib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi, transport vositalarining ko‘payishi, aholi sonining ortib borishi, atrof-muhitning, atmosfera havosini, suvni, tuproqni ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
  Masalan, atmosfera havosining ifloslanib borishi kishi organizmiruing turli kasalliklar bilan og‘rishiga olib keladi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino aytganlaridek: «Odamning sog‘lig‘i tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan».
  0‘zbekistonda havoni ifloslanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda Olmaliq - 145 ming.t., keyingi o‘rinlarda Angren - 126,2, Farg‘ona - 88,8, Qarshi - 73,4, Toshkent - 23,2 va boshqa shaharlar turadi.
  Toshkent shahri havosini ifloslantirishda avtomobil transporti asosiy o‘rinni egallaydi. Lekin keyingi yillarda avtomobillardan chiqayotgan chiqindilar ancha kamayib boryapti. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hisob-kitobicha, 1998 yilda umumiy chiqarib yuborilgan chiqindilar 354 ming.t.ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1992-yilda 115 ming.t.gacha tushdi.
  Ifloslanish maishiy chiqindilar hisobiga ham, ortib bormoqda. Aholi yashaydigan joylarda bunday chiqindilar ko‘plab yig‘ilib qoladi, natijada bundan havo, tuproq, suv ifloslanadi.
  Inson o‘zi uchun qulay bo‘lmagan ekologik sharoitda yashashga majbur bo‘lmoqda, bu inson organizmiga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Olimlarning ma’lumotiga qaraganda, 0‘zbekistonda keyingi 15 yilda (1976-1990 yillar) katta yoshdagi aholi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish muntazam o‘sib borgan.
Hozirgi vaqtga kelib bunday holatlarga va ularni avj olib ketishiga inson yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib,  kasalliklarning oldi olinmoqda, bemorlar davolanmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash