Yuklanmoqda...

Olimlar jiddiy tashvishda: 2020-yilga borib Yer kurrasi…


Tadqiqotchilarning xalqaro guruhi insoniyat yaqin yillar ichida o’z xatosiga barham bermasa, keng ko’lamdagi halokatga yo’liqishi mumkinligi xususida bildirishmoqda, deb yozadi «Andijonnoma» gazetasi.

Potsdam universiteti xodimlarining bayonotiga ko’ra, inson faoliyati ta’siri oqibatida sayyoramiz jiddiy xavf-xatar yoqasida turibdi. «Politekspert»ning xabariga qaraganda ekspertlar vaziyatni o’nglash uchun dunyo ahlida uch yildan ortiq bo’lmagan muddat borligini ta’kidlashyapti.

Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, 2020-yilga borib Yer kurrasidagi o’rtacha harorat Selsiy jadvali bo’yicha ikki darajagacha ko’tarilishi va bu katta miqyosdagi iqlim o’zgarishiga olib kelishi mumkin ekan. Iqlimshunoslar Yerni qutqarish uchun zararli moddalarni atmosferaga chiqarishni keskin qisqartirish, foydali qazilmalar qazib chiqarishni kamaytirish, yoqilg`idan voz kechib, quyosh energiyasidan foydalanish kerakligini tavsiya qilishmoqda.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar