Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori rekord darajaga yetdi. 

5 204

Yer atmosferasidagi karbonat angidrid miqdori o'zgarayotgan dunyo iqlimida yangi davrni belgilab beradi, deya xabar bermoqda BBC nashri Jahon Meteorologiya Tashkiloti (WMO) hisobotiga tayangan holda.
 
Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori me'yoridan ortib ketgan va endilikda uni kamaytirish ancha mushkul bo'lishi mumkin. Jahon Meteorologiya Tashkiloti (WMO) ma'lum qilishicha, atmosferadagi zaharli gazlar miqdori 2016-yilda rekord darajaga etgan. 2015-yilda yer atmosferasidagi karbonat angidrid ulushi birinchi marta 0.0004 foizga etgan edi. Shunga qaramasdan, 2014-2015-yillarda karbonat angidrid miqdori nisbatan barqaror turgan. 2016 yilda esa buko'rsatkich 0.0004 foizdan pastga tushmagan.
 
Tropik mintaqalardagi qurg'oqchilik tufayli o'simliklarda karbonat angidridni qayta ishlash hajmi kamayib ketgan. Jahon Meteorologiya Tashkilotining Issiqxona gazlari bo'yicha yillik hisobotiga ko'ra, Yer atmosferasidagi karbonat angidrid miqdori so'nggi o'n yillikdagi o'rtacha ko'rsatkichni ortda qoldirgan.
 
Olimlarning fikricha, karbonat angidrid miqdori atmosferada so'nggi marta besh million yil avval 0.0004 foizdan yuqori bo'lgan. AQSh Milliy Okeanshunoslik va Atmosfera Boshqarmasi (NOAA) ma'lumotlariga ko'ra 1800 yillarda CO2 gazining atmosferadagi ulushi 0.00028 foizni tashkil qilgan.
 
Hisobotda boshqa issiqxona gazlari, jumladan, metan hamda «kuldiruvchi gaz» miqdorining oshgani ham qayd etilgan. Hisobotga ko'ra, 1990-2015-yillar oralig'ida radioaktiv moddalar miqdori 37 foizga ko'paygan.
 
"Atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazini kamaytirmasdan biz iqlim o'zgarishlarini hamda harorat ko'tarilishini to'xtatib qololmaymiz. Shuning uchun Parij bitimini zudlik bilan amalga oshirish davrning birlamchi vazifasiga aylandi”, – deb aytgan Petteri Taalas.
 
Iqlim o'zgarishlariga oid Parij bitimini dunyoning 200 ga yaqin mamlakati imzolagan bo'lib, noyabr oyida Marokashda bo'lib o'tadigan sammitda kelajakdagi rejalar uchun qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.