Yuklanmoqda...

Geografiya ta’limida tabaqalashtirilgan o‘qitish texnologiyasidan foydalanish 

416

 Mazkur texnologiyani regional geografiya predmetlarini o‘rganishda qo‘llash yaxshi natija beradi. Maktab geografiya ta’limida regional predmetlarga quyidagilar kiradi: " Materiklar va okeanlar geografiyasi”, "O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi”, O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”.
Tabiiy geografiya kurslarida o‘quv maqsadlarini har bir geografik komponent bo‘yicha ishlab chiqish yaxshi natija beradi. Masalan, 7-sinfda "Farg‘ona vodiysi” tabiiy geografik okrugini quyidagi qismlarga bo‘lish, ularni ta’limiy maqsadlarini aniqlashimiz mumkin:
- Farg‘ona vodiysining geografik o‘rni, relyefi, geologik tuzilishi fa foydali qazilmalari:
- Iqlimi va suvlari;
- Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
Demak, sinfni ma’lum bir guruhlarga bo‘lishda Farg‘ona vodiysining yuqoridagi komponentlari hisobga olinadi.
 Farg‘ona vodiysining geografik o‘rni, relyefi, geologik tuzulishi va foydali qazilmalarini o‘rganishda sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi va ushbu guruhning ta’limiy maqsadlari quyidagicha ishlab chiqiladi.
1–guruh. Farg‘ona vodiysining  geografik joylanishini aniqlaydi. Uning maqsadi Farg‘ona vodiysi o‘rnini aniqlash bo‘yicha bilimlar berish va tegishli ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi vazifalarni qo‘yadi va ularni bajarish texnologiyasini quyidagi tartibda tushuntiradi:
- Farg‘ona vodiysini matematik geografik o‘rnini aniqlash, ya’ni uning eng chekka shimoliy, janubiy, g‘arbiy va sharqiy nuqtalarini aniqlash;
- Farg‘ona vodiysini qaysi materikda va mazkur materikni qaysi qismida joylashganini aniqlash. Ya’ni Farg‘ona vodiysi Yevrosiyo materigida, O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasida joylashgan. Mazkur o‘lka quruqlikning ichki qismida, okeanlardan olisda joylashgan;
- Farg‘ona vodiysi qanday tabiiy geografik obyektlar bilan o‘ralgan. Bunda Farg‘ona vodiysi Qurama, Chotqol, Oloy va Turkiston tizmalari bilan o‘ralganligi aniqlanadi;
- Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning qaysi qismida joylashganligini O‘zbekiston tabiiy Xaritasidan aniqlash;
- Mazkur ta’limiy vazifalarni bajarish uchun quyidagi o‘quv vositalari zarur: darslik, 7-sinf atlasi, O‘zbekiston tabiiy Xaritasi.
2- guruh. Farg‘ona vodiysining relyefi, ya’ni yer yuzasining tuzilishi. 
Mazkur guruhning maqsadi Farg‘ona vodiysi yer yuzasi tuzilishini o‘rganish. Mazkur guruhga quyidagi vazifalarni bajarishni topshirish mumkin:
- Xaritadan foydalanib Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan tog‘larni, ularni nomlarini, yo‘nalishini aniqlang;
- Xaritadan foydalanib Farg‘ona vodiysidagi adirlarni aniqlang;
- Xaritadan foydalanib Farg‘ona vodiysidagi tekisliklarni va ularni nomlarini aniqlang;
- Darslikdan foydalanib Farg‘ona vodiysidagi asosiy relyef shakllarini aniqlang.
3-guruh. Fag‘ona vodiysining geologik tuzulishi. Mazkur guruhning ta’limiy maqsadi Farg‘ona vodiysida tarqalgan tog‘ jinslarini o‘rganish. Mazkur mavzu bo‘yicha o‘qituvchi quyidagi topshiriqlarni qo‘yishi mumkin.
- Farg‘ona vodiysining geologik  rivojlanish tarixini darslik orqali aniqlash. Bunda Farg‘ona vodiysi qachon suv ostida bo‘lgan, qachon ko‘tarilganligiga e’tibor beriladi;
- O‘zbekiston atlasining 22-betida berilgan geologik Xaritadan foydalanib Farg‘ona vodiysida qanday davr yotqiziqlari uning qaysi qismida tarqalganligini aniqlash.
- darslikdan foydalanib Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan kuchli zilzilalar jadvalini tuzing.
4-guruh. Farg‘ona vodiysi foydali qazilmalarini o‘rganish. Maqsadi vodiyda tarqalgan foydali qazilmalar turlarini aniqlash. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi topshiriqlarni beradi:
- darslikdan va Xaritadan foydalanib Farg‘ona vodiysida tarqalgan yoqilg‘i-energetika foydali qazilmalarini aniqlang (ko‘mir, neft, gaz);
- darslikdan va atlasdagi Xaritadan foydalanib o‘lkadagi metalli foydali qazilmalar konlari bor-yo‘qligini aniqlang, metalli foydali qazilmalar konlari yo‘q bo‘lsa, uning sababini aniqlashga harakat qiling;
- Xarita va darslikdan foydalanib o‘lkada tarqalgan nometall foydali qazilmalar konlarini aniqlang va jadvalni tuzing.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida o‘quv maqsadlari quyidagi mavzular bo‘yicha tabaqalashtiriladi.
- iqtisodiy va geosiyosiy joylanish va uni davlatni yoki iqtisodiy rayonni rivojlanishga ta’siri.
- Tabiiy sharoit va tabiiy resurslari;
- Aholisi va mehnat resurslari;
- Xo‘jaligining umumiy jihatlari va tuzilishi;
- Qishloq xo‘jaligi;
- Sanoati;
- Transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalari;
- Ichki tafovutlari.
Farg‘ona iqtisodiy rayoni bo‘yicha ta’lim maqsadlarini quyidagicha tabaqalashtrish mumkin:
- iqtisodiy rayonning geografik o‘rni va uni  xo‘jalikni  rivojlanishidagi ahamiyati;
- iqtisodiy rayonning tabiiy sharoiti va resurslari;
- iqtisodiy rayonning aholisi va mehnat resurslari;
- xo‘jaligining tuzilishi;
- qishloq xo‘jaligi;
- sanoati;
- tashqi aloqalari;
- ichki tafovutlari.
Iqtisodiy rayonning tabiiy sharoiti va resurslarini o‘rganishda ta’lim maqsadi quyidagicha tabaqalashtiriladi:
- tabiiy sharoitning umumiy xususiyatlarini o‘rganish;
- iqlimiy resurslar va ularni xo‘jalikni rivojlantirishdagi ahamiyati;
- yer resurslari va yer fondi;
- suv resurslari va ulardan samarali foydalanish;
- Tuproq resurslari;
- O‘simlik va hayvonot resurslari;
- Rekreatsion resurslari;
Demak, iqtisodiy rayonini tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o‘rganilganda sinfni 7 ta guruhga bo‘lish mumkin ekan. O‘qituvchi har bir guruhni ta’limiy maqsadlarni va topshiriqlarni ishlab chiqdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash