Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari 

104

Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug‘—havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qobiqlar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir etib turadi.

Atmosferaning quyi che­garasi Yer yuzasidan. yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining 99,5% i 80 km gacha bo‘lgan quyi qatlamiga to‘g‘ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo`lib 1774-yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78% azot, 21% kislorod va 1% inert gazlar uchraydi Yer o'ziga torlisli kuchi bilan havoni ushIab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam troposfera (yunoncha, burilish) Quyosh nuru va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati troposferaning yuqori chegarasida -55°C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80%i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8-9 km. Havo harorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda 0,6°C soviydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (50-55 km gacha), mezosfera (80-85 km gacha), termosfera (1000 km gacha), ekzosjera (2000 km gacha) joylashgan.

Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo‘lishiga, asosan, uchta omil ta’sir etadi. Geografik kenglik omili harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog'liq. Ekvatordan har ikkala qutblar tomon havoning o‘rtacha yillik harorati 25—26°C dan — 10°C gacha pasayib boradi.

Iqlimning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yog'in miqdori va doimiy shamollar iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil— atmosfera bosimi va havo massalariga bog'liq. Troposferaning bir xil xususiyatga ega bo‘lgan katta hajmdagi havolari havo massasi deb ataladi. Yuqori kengliklardagi yuqori bosim mintaqasida arktika va antarktika havo massalari tarkib topadi. Arktikada shimoli-sharqiy, Antarktidada esa janubi-sharqiy doi­miy shamollar esadi.

Xuddi shurungdek, yuqori bosimli mintaqalardan past bosimli mintaqalarga doimiy shamollar (masalan, passat) esadi. Faqat ular Koriolis kuchi ta’sirida Shimoliy yarimsharda o‘ngga, Janubiy yarimsharda esa chapga buriladi.

Quyoshning zenitdagi holatiga ko‘ra, atmosfera bosimi va havo massalari shimol yoki janub tomon siljiydi.

Havo massalari vertikal va gorizontal yo‘nalishda harakat qiladi Ular davom etishiga ko‘ra doimiy yoki mavsumiy (masalan, musson) shamollar bo‘ladi. Havo massalari yuqon bosimli mintaqalarda tepadan pastga, past bosimli mintaqalarda pastdan tepaga tomon harakatlanadi. Agar havo massalari okean ustida hosil boMsa, dengiz havo massasi, agar quruqlik ustida hosil bo‘lsa, kontinental havo massasi deb ataladi. Dengiz havo massasi iliq va nam bo'lganligi uchun kop yog‘in keltiradi. Kontinental havo massasi quruq bo`ladi, yogin yog‘maydi.

Uchinchi iqlim hosil qiluvchi omil — yerusti tuzilishi tabiat komplekslarining xilma-xil bo‘lishiga iqlim orqali ta’sir etadi. Bunda quruqlik va okean muhiti, okean oqimlari, qor va muzliklar, relyef shakllari (tekislik va tog‘lar) joy iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarmi keltirib chiqaradi.

Iqlim mintaqalari. Iqlim mintaqalari havo massalauning kengnk bo‘ylab tarqalishiga bog‘liq holda tarkib topadi. Yer sharida jami 13 ta iqlim mintaqalari ajratilgan. Shulardan yettitasi asosiy va oltitasi oraliq iqlim mintaqalaridir.

Asosiy iqlim mintaqalanga ekvatonal, tropik (2 ta;, mo‘tadil (2 ta) va qutbiy (arktika va antarktika) mintaqalar tegishli.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash