Yuklanmoqda...

Antropogen tabiat komplekslari


 

Yevrosiyo hududi qadimdan aholi yashab kelgan sivilizatsiya markazlaridan hisoblanadi. O‘rta dengiz sohillaridagi qadimiy subtropik o‘rmonlar inson xo‘jalik faoliyati tufayli kesib yuborildi. Sharqiy Yevropa tekisligidagi qora va kashtan tuproqli dashtlarning 80 % maydoni o‘zlashtirilgan. Ularning o‘rnida shahar va qishloqlar, bog‘lar va turli ekin maydonlari kabi antropogen komplekslar hosil bo‘lgan. Shuningdek, Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari, Hindiston, Yevropa va O‘rta Osiyoning qadimdan o‘zlashtirilib kelinayotgan hududlarida, tog‘ yonbag‘irlarida antropogen landshaftlar barpo etilgan.

 


Yashash uchun qulay hududlar o‘zlashtirib bo‘lindi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rmonlar, cho‘llar va tog‘li zonalarni o‘zlashtirishga kirishildi. Natijada, antropogen tabiat kompleksi egallagan maydonlar tobora kengayib bormoqda.  Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Yevrosiyo tabiat zonalarida va tog‘li o‘lkalarda qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtmalar barpo etilgan. Qo‘riqxonalar jamoalarining asosiy maqsadi tabiatning betakror joylarini, ajoyib relyef shakllarini, serjilo ma’danlarini, turli-tuman o‘simlik va hayvonot olamini va boshqa tabiat yodgorliklarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Ural tog‘ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej pushchasi, Astraxan, Osiyoda Chatqol, Issiqko‘l, Barguzin, Taman Negara kabi qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan.


Ayni paytda, tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish masalasiga katta e’tibor berilmoqda.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии