Yuklanmoqda...

Shimoliy Amerika tabiat zonalari. Balandlik mintaqalari 

2171

Tabiat zonalari. 
  Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Arktika arxipelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (-35°C dan past), yozi salqin (+5°C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj qo‘yho‘kiz oq yapaloqqush va boshqalardan tashkil topgan.Tabiat zonalari.
Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida joylashgan. Bunga asosiy sabab Golfstrim oqimi va relyef ta'siridir. Bunday holat boshqa birorta materikda kuzatilmaydi.
 Shimoliy Amerika tabiat zonalari quyidagi tartibda shimoldan janubga ketma-ket almashib keladi.
 Tundra va o‘rmon-tundra zonasining janubiy chegarasi sharqda 53° sh.k. dan, g‘arbda 62° sh.k. yo‘nalishigacha boradi. Botqoq va tundra-gleyli tuproqlarda buta va o‘t-o‘simliklar, pakana qayin va tol, toshyorar, mox va lishayniklar o‘sadi. O‘rmon-tundrada qira va iq qarag‘ay, balzam pixtasi (qarag‘ayi), tilog‘ochlar o‘sadi. Tundrada shimol bug‘usi, qo‘yho‘kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo‘risi, oq kaklik, oq quyon, Alyaskada tog‘ qo‘yi, qor echkisi ko‘p uchraydi.
  Tayga zonasi 45° sh.k gacha tarqalgan. Zonada botqoq, podzol va muzloq tuproqlar tarkib topgan. Asosiy o‘simligi qira va oq qarag‘ay, amerika tilog‘ochi, balzam pixtasi, qarag‘ay kabi ignabargli daraxtlar o‘rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimorolidagi daraxtlarning 90% i qora qarag‘ayga to‘g‘ri keladi. Hayvonlardan qora va qo‘ng‘ir ayiq, amerika losi, kiyik, o‘rmon bizoni, bug‘u, kanada silovsini, yenot, bo‘ri, skuns, ondatra, qizil tulki kabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida ham duglas qarag‘ayi, oq va qora qarag‘ay, kedr ko‘p o‘sadi. Daraxtlaming bo‘yi 80-100 m ga boradi.
 Aralash va keng bargli o`r‘monlar zonasining sur o‘rmon tuproqlarida qarag‘ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk, amerika yong‘og‘i, marvaridgul, yertut kabi o‘simliklar o‘sadi. Virgins bug‘usi, puma, bobr (suv qunduzi), qizil olmaxon, yenot, burunduq asosiy hayvonlaridir. Zonaning ko‘p qismida antropogen landshaftlar tarkib topgan. Shuning uchun keng bargli o‘rmonlar faqat Appalachi tog‘larida saqlanib qolgan.
 O‘rmon-dasht va dasht zonalarining kashtan va qora tuproqlarida chalov, betaga, bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi. Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t-o‘simliklar ancha siyraklashadi, tikanli butalar, janubda, hatto dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns (badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat.
  Chalacho‘l va cho‘l zonalarining asosiy o‘simligi qora shuvoq, kaktus (bo‘yi 4-9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruvchilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondor lar yashaydi.
  Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t-o‘simlikli, kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos.
  Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferrolit tuproqlar, eman, karib qarag‘ayi, palma, kiparis kabi o‘simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon, kurka, Nikaragua sohiilarida anakonda ilonlari yashaydi.
  Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hududini qamrab olgan. Kordilyera tog‘larini 40° sh.k. bo‘yicha sharqdan g‘arbga kesib o‘tilsa, dastlab dasht (Buyuk tekislikda), o‘rmon-dasht, keng va ignabargli o‘rmonlar, siyrak past egri-bugri daraxtli o‘rmonlar, baland tog‘ o‘tloqlari, qoyalar, qor va muzliklar birma-bir almashinib keladi. Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya, qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq, yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash