Yuklanmoqda...

Afrikaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi 

2646

Geologik tuzilishi.
Afrika - qadimgi Gondvana quruqligining bir bo‘lagi. 180 mln yil muqaddam Arabiston yarimoroli bilan birga yaxlit platformani hosil qilgan. Alp tog‘ burmalanishi davrida Qizil dengiz i‘rni ochilgan. Nalijada Arabiston yarimoroli Yevrosiyoga tutashib ketgan.
  Materik zaminidagi arxey va protozoy eralarining tog‘ jinslari Sahroyi Kabirning Ahaggar, Tibesti, Darfur tog‘ligi va platolarida, Janubiy va Sharqiy Afrika hamda quruqlik yuzasidagi eng yirik Habashiston tog‘liklarida yer yuziga chiqib yotadi.
  Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig‘i 6500 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, Akoba qo‘ltig‘idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etadi. Olimlarning bashoratiga ko‘ra, kelajakda Buyuk Afrika yer yorig‘idan sharqdagi hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli singari) Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada yer po‘sti serharakat bo‘lib, unga harakatdagi vulqonlar (Kilimanjaro, Karisimbi) va zilzilalar xos. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi palaxsalanib ko‘tarilgan gorst va grabenlardan iborat. Chuqur ko‘llar grabenlarda tarkib topgan. Tog‘lar, platolar magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan. Botiqlar, cho‘kmalar, pasttekislik va tekisliklar cho‘kindi jinslar bilan qoplangan.
 Foydali qazilmalari.
  Afrika turli xil qimmatbaho tabiiy boyliklarni o‘z zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilmalarning ko‘plab tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Sharqiy va Janubiy Afrikadagi foydali qazilmalarning aksariyati ochiq usul bilan qazib olinadi. Chunki bu yerdagi foydali qazilmalar yer yuzasiga yaqin yotadi.
  Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mashhur «mis mintaqasi» Zambiya va Kongo davlatlari chegara zonasida joylashgan. Materikning botiq, cho‘kindi jinslar to‘plangan joylarida toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, marganets rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan.
Relyefi.
 Afrika hududi relyef xususiyatiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Mutlaq balandligi 1000 metrgacha bo‘lgan tekislik, plato va tog‘liklardan tashkil topgan «past» Afrika.Bu joylar Shimoliy va G‘arbiy Afrika uchun xos. «Baland» Afrika Sharqiy va Janubiy Afrikani egallagan. «Past» va «baland» Afrika o‘rtasidagi chegara Angola-Efiopiya yo‘nalishidan o‘tadi.
  «Past» Afrikada qumli past-balandliklar ko‘p bo‘lgan Sahroyi Kabir, tekis va botqoqli Kongo botig‘i, plato va tog‘lik (Darfur, Axaggar, Tibesti va boshqa)lar asosiy relyef shakllaridir. «Baland» Afrikada Efiopiya tog‘ligi, Sharqiy Afrika yassitog‘ligi va Janubiy Afrika yassi tog‘lari joylashgan. Bu yerda ham tog‘ oralig‘idagi (Viktoriya, Kalaxari) va Sharqiy Afrika yer yorig‘i o‘tgan zonadagi chuqur cho‘kmalar bor.
  Plato, tog‘lik va yassitog‘likdan boshlanadigan yoki oqib o‘tadigan daryo vodiylarida relyefning dara, kanyon, sharshara (Viktoriya, Livingston, Stenli), ostonalar ko‘p hosil bo‘lgan. Afrikaning eng baland (Kilimanjaro vulqoni, 5895 m) va eng past nuqtalari (Afar botig‘idagi Assal ko‘li, -157 m) ham «baland» Afrikada joylashgan. «Past» Afrikaning eng past joyi Kattara botig‘idir (-133 m).

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash