Yuklanmoqda...

Joyning topografik planidan foydalanish 

1214

Topografik plan o‘qish.
  Hayotda topografik planlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.Harbiylar, quruvchilar, yo‘lsozlar, sayyohlar ishida topografik planlar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
  Joy planini o‘qishni o‘zingiz yashaydigan joy planiga qarab o‘rganganingiz ma'qul. Agar Siz, shaharda yashasangiz, shu shahar planidan, qishloqda yashasangiz, qishloq xo‘jalik yerlari planidan foydalaning.
Buning uchun Siz, joyga plan bilan chiqasiz va planni kompas yordamida ufq tomonlariga oriyentirlaysiz Keyin plandan o‘zingiz turgan joyni topasiz. Agar Siz yo‘lda turgan bo‘lsangiz, plandan avval yo‘lni va Sizga ko‘rinib turgan biror predmet (masalan, ko‘prik, daraxt, chorraha)ni va o‘zingiz turgan joyni topasiz. Endi plan yordamida shu atrofdagi predmetlargacha bo‘lgan masofalarni aniqlashingiz mumkin. Siz turgan joydan ko‘rinmaydigan, lekin planda tasvirlangan joylarga borish uchun qayoqqa qarab yurish va qancha masofani o‘tish kerakligini ham topib olasiz.
Topografik planda azimutni aniqlash.

Joyning topografik planidan foydalanish

 Siz, paromdan Jilg‘asuvdagi to‘g‘onga borishingiz zarur, deylik. Buning uchun qanday azimut bo‘yicha yurishingiz kerak. Bu azimutni plandan transportir yordamida aniqlasa bo‘ladi. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu azimut 145° ekan. Endi uni joyda kompas yordamida aniqlaysiz va shu azimut bo‘yicha yurasiz. Qancha yurish kerakligini chizg‘ich yordamida aniqlang. Buning uchun paromdan to‘g‘ongacha necha sm ekanini o‘lchaysiz va masshtabdagi masofaga ko‘paytirasiz. Planda bu masofa 10 sm. Masshtab 1 sm=50 metr. Binobarin, 10x50=500 m.

Joyning topografik planidan foydalanish 

  Endi amaliy mashg‘ulotlarni bajaramiz. Agar topografik planlarda Yer yuzasining notekisliklari gorizontallar bilan tasvirlangan bo‘lsa, quyidagi amaliy ishlarni bajarish mumkin. Yuqoridagi rasmdagi joy planida mutlaq balandligi 1160,7 m bo‘lgan tepani, uning sharqiy yonbag‘ri tik, janubi-g‘arbiy yonbag‘ri esa qiya ekanini ko‘rib turibsiz. 

  Yana bir misol. Shu joy planidan shamol tegirmoni yonidan qaraganda Qorasuvdagi parom ko‘rinadimi, yo‘qmi ekani aniqlanishi kerak. Tegirmon turgan joy Qorasuv sathidan 23 m balandda joylashgan. Shu bilan birga yonbag‘ir tegirmondan paromga tomon pasayib boradi (1160 dan 1137 m gacha). Agar kuzatuvchi tepaning sharq tomonida 1150 m balandlikda tursa, u paromni ko‘rmaydi, chunki, uni tepa to‘sib turadi. Paromni ko‘rish uchun kuzatuvchi tepaning ustiga - 1160,7 metrli belgiga chiqishi kerak bo‘ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash