Yer yuzining kashf etilishi va o`rganilishi 

12 786

 Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo`lgan.
 1492-yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo`l topish maqsadida Ispaniyadan g`arbga tomon suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o`tib, Amerika qirg`oqlariga yetib bordi. Portugallar taxminan shu vaqtda Afrikani aylanib, Hindistonga borishdi.
 Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530 yy) "Boburnoma" kitobida Farg`ona vodiysi, Afg`oniston, Hindiston tabiati haqida ko`plab muhim ma'lumotlar to`plangan.
 1519-1522-yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda Dunyoni g'arbdan sharqqa aylanib chiqdi. Tinch okeanini kesib o'tti. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi.
 1821-yilda rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi.
 Yer yuzining ko'p joylari ana shunday jasur sayohatchilar tomonidan kashf qilindi va o'rganildi. Hozirgi vaqtga kelib Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan. Biroq Yer yuzi tabiatining barcha xususiyatlarini, ayrim tabiiy hodisalarni, ularning sabab va oqibatlarini olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo'q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o'rganishni davom ettirishmoqda. Ular quruqlik va okeanlardagi har xil ekspeditsiyalarda qatnashib, muhim kuzatishlar, tajribalar o'tkazilmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natijalaridan xalq xo'jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi, ilgarigi xaritalarga aniqliklar kiritiladi, yangi xaritalar tuziladi.
 Hozirgi vaqtda geograflar o'zlarining tadqiqotlarida hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan, kosmik suratlardan samarali foydalanishmoqda. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq koordinatalarini Yerning sun`iy yo'ldoshlari yordamida aniqlash mumkin.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.