Yuklanmoqda...

Superoy 1 kunga kechikdi, ammo chiqdi! 

269


Ko'plab nashrlarda 13-noyabrdan 14-noyabrga o'tar kechasi yuz berishi ma`lum qilingan Superoy hodisasi bir kunga kechikib, 14-noyabrdan 15-noyabrga o'tar kechasi yuz berishi kutilmoqda. 

Bu galgi superoy ayniqsa o'zgacha bo'lishi aytilmoqda. Ya`ni Oy 70 yil ichida birinchi marta sayyoramizga bunchalik yaqin keladi. Oxirgi marta bunday qisqa masofaga yaqinlashuv 1948-yilda kuzatilgan.

Oy Yer atrofida aylanishi davomida biz uning Quyosh bilan yoritilgan tomoni sekin-asta to'lishib borishini kuzatamiz. Shunday vaziyatlardan birida Oy to'liq doira shakliga kirganda, u to'linoy deb ataladi.  

Oyning sayyoramiz atrofida bir marta to'liq aylanib chiqishi 27 kunga yaqin davom etadi, bunda Oy Yer atrofida ellipssimon trayektoriya bo'yicha harakat qiladi. Bu esa Oy o'zining orbitasidagi har bir nuqtada sayyoramizdan turli uzoqlikda joylashishini anglatadi. Biroq bu masofa Yerning Quyosh atrofida aylanishi holatiga ham bog'liq bo'ladi. Ya`ni, to'linoy bilan uning Yerga eng qisqa masofaga yaqinlashishi (perigey) har doim ham mos tushmaydi.

Biz kutayotgan superoyda to'linoy va perigey mos tushadi. Superoyda odatda Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq ko'rinadi. Biroq bu farq oddiy kuzatuvchi uchun uncha ham sezilmasligi mumkin.

"Farq uncha katta emas, Oy qishda osmonda baland ko'tarilishini hisobga olsak, bu farqni suratlarni taqqoslamasdan bilish biroz mushkul bo'ladi", deb aytmoqda Kardiff universiteti doktori Kris Nort.

Nyu-Yorkdagi Xeyden planetariysi direktori Nil de Grass Taysonning aytishicha, superoy atrofida haddan tashqari ko'p shov-shuv ko'tariladi.

"Bu holatni birinchi bo'lib kim "superoy" oy deb ataganini bilmaymanu, biroq siz 16 dyuymli pitssa buyurtma qilib, uni 15 dyuymli pitssaga nisbatan "superpitssa" deb atamasangiz kerak", deb aytmoqda mutaxassis.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash